BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🗣️Vobkent: “Koʻlxatib” mahallasida zamonaviy bogʻcha qurilmoqda

👉Batafsil

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🟢BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMDA BUXORO DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

💠Bugun, 19-iyul kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati hamda Buxoro davlat texnika universiteti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


📞Ushrashuvda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev hamda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova boshchiligidagi mas’ul mutasaddilar ishtirok etib, o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida muzokaralar olib bordilar.

💎Bunda asosiy e’tibor

o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish, bitiruvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida innovasion ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifati past bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglarining kasbiy mahoratlarini yuksaltirish,
universitetda mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar doirasida zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etish kabi dolzarb masalalarga qaratildi.

🔴 Memorandum asosida

umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga universitetning kafedralari filiallarini tashkil etish,
har bir shahar va tumandagi 1 tadan maktabda "Muhandislik sinfi"ni tashkil etish,
Robotatexnika yo‘nalishida pedagog kadrlarni tayyorlash,
Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish,
Inklyuziv ta’limga qamrab olingan o‘quvchilarga kasb o‘rgatish,
Kasb-hunar o‘rgatish joriy etilgan 21 ta maktablarga metodik yordam berish
Ta’lim sohasida innovasion ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish
Ta’lim jarayoniga ilg‘or va xalqaro tajribalarni joriy etish
manzilli dastur asosida joylarda hamkorlikdagi o‘quvlar, seminar-treninglar, anjumanlar va mahorat darslarini muntazam ravishda tashkil etib borishga kelishib olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏2
🫥BUXORO VILOYATIDAGI 26 TA MAKTABGA ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR JAMLANMASI TOPSHIRILDI

🟡Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishda o‘quvchi-yoshlarning raqamli savodxonligini yuksaltirish va axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.


🫥Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ma’nan eskirgan yoki hali kompyuter sinflari mavjud bo‘lmagan ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🔺 Xususan, Buxoro viloyatidagi 26 ta umumta’lim maktabiga jami 442 dona zamonaviy kompyuter to‘plami, 26 ta nusxa ko‘chirish apparati, shuningdek, kondisioner yetkazib berildi.

💿Bugun zamonaviy kompyuterlar ortilgan maxsus karvon belgilangan ta’lim muassasalari sari yo‘l oldi.

Ushbu zamonaviy texnologiyalar o‘quvchi-yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi, ayniqsa, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida chuqur bilim egallashiga xizmat qiladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1