BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ғиждувон
🟢Barkamol avlod” – iste’dodlar maskani, orzular ro‘yobga chiqadigan makon!

🟢Yozgi ta’til davom etar ekan, “Barkamol avlod” bolalar maktabida to‘garak mashg‘ulotlari qizg‘in ruhda olib borilmoqda. Bu yerda har bir to‘garak – yangi imkoniyat, har bir ishtirokchi – ertangi kunimiz yulduzi!

Rassomchilikdan to robototexnikagacha
Sport, musiqa va san’at sohalaridagi to‘garaklarda
O‘quvchi yoshlar o‘z qobiliyatlari va qiziqishlarini erkin namoyon etmoqda.

🟢”Barkamol avlod” maktabi to‘garaklari bolalar uchun nafaqat mazmunli dam olish, balki ijodkorlik, mehnatsevarlik va vatanparvarlik kabi muhim qadriyatlarni singdirishda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
#Ayni_paytda
#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда

✳️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Romitan tumanida yangi tashkil etilayotgan ta’lim maskanida bo‘ldi

🔹Boshqarma boshlig‘i Romitan tumanidagi 11-umumta’lim maktabi binosining bo‘sh turgan qismini ssuda loyihasi asosida mukammal ta’mirlash orqali yangidan barpo etilayotgan 35-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


🔹Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, muassasada jihozlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan ushbu ta’lim maskani 90 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🔹Boshqarma rahbari ob’yektdagi oxirgi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar va amaliy tavsiyalar berdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
👍1
#Tafakkur!

🔹Rostgo‘ylik
Doim rost gapiring, shunda ko‘p narsani eslab yurishingizga hojat qolmaydi.

🔹Qiymat
Hayotda matematika yecholmaydigan narsalar bor. Masalan, halol bir so‘m harom besh so‘mdan ko‘p bo‘ladi.

🔹Kechirim
Kechirish bu – avvalgidek qadrdon bo‘lish emas, shunchaki intiqomdan voz kechish degani gohida.

🔹Kelajak
Odamning kelajagini bilish uchun u pul va vaqtini nimalarga sarf qilayotganini bilish kifoya.

🔹Nochorlik
Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag‘allik belgisi emas, ba’zilarda dangasalik belgisi hamdir.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
5
#Диққат_эълон

📣 HURMATLI BITIRUVCHILAR!

✈️ Siz JANUBIY KOREYAdagi kasb-hunar maktablarida o'qishni davom ettirishni istaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekistondagi Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9- yoki 10-sinflarini bitirgan o‘quvchilari uchun 2026-yilda:


📍Aviatsiya muhandisligi maktabi;
📍Kumoh texnika yuqori sinf maktabi;
📍Chungnam Internet o‘rta maktabi;
📍Chonnam kelajak Xalqaro o‘rta maktabida o‘qish imkoniyati yaratildi.

Mazkur dasturda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar:


9- yoki 10-sinfni bitirgan bo‘lishi;
Koreys tilidan kamida TOPIK 2 sertifikatga ega bo‘lishi;
2008-yil 1-iyuldan keyin tug'ilgan bo‘lishi lozim.

Bunda quyidagi hujjatlar talab etiladi:


Ariza shakli;
O‘zini tanishtirish xati;
O‘qish rejasi;
Maktab direktoridan tavsiyanoma;
Rozilik xati;
Shaxsiy tibbiy baholash va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.

Barcha hujjatlar bitta pdf shaklga keltirilib, 16-iyuldan 18-iyulga qadar [email protected] manziliga yuborilishi lozim.

ESLATMA


❗️Barcha hujjatlar koreys yoki ingliz tilida to‘ldirilishi hamda ingliz (koreys) tiliga notarial tarjima qilinishi talab etiladi.

📞 Murojaat uchun: +998 71 291 81 82 (ichki raqam 118)

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐
Youtube                     🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt                     😄 Linkedin
1

#Imtihon_2025

🔴 Bugun yurtimizning barcha tuman va shaharlarida yangi tashkil etilgan “Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi.

🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐
Youtube                     🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt                     😄 Linkedin
1
#ayni_paytda
#Jasorat_maktabi
🟢BuxorodaJasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo’lib o’tmoqda

🔹Bugun, yurtimiz bo‘ylab “Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi.


🔹Ushbu muhim jarayon Buxoro viloyatida ham qizg’in davom etmoqda.

🔹Ushbu sinovlarda har bir oʻquvchiga 5 tadan jismoniy mashq beriladi hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanadi.

🔹Ma’lumot uchun: “Jasorat maktablari” viloyatning 13 ta tuman, shaharlarida tashkil etilgan bo'lib, har bir tumandagi maktablarga 26 nafardan o'quvchi qabul qilinadi.

🔹”Jasorat maktablari" Imtihonlarida qatnashish uchun Buxoro viloyatidan jami 699 nafar 5-sinf o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tgan.

Fotolavhalarda Buxoro shahridagi 16-maktabda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar aks etgan

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
#Dolzarb_90_kun
#Ayni_paytda
🟢BUXORODA “HOKIM SOVRINI UCHUN” FAN OLIMPIADASI BO’LIB O’TMOQDA

💎Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan yozgi ta’til davomida har haftaning payshanba kuni “Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasi tashkil etildi.


💎Olimpiadaning asosiy maqsadi — iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va ularni mahalliy hamda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlashdan iborat.

💎Bugun, 17-iyul fizika fani bo’yicha navbatdagi “Hokim sovrini uchun” fan olimpiadasi bo’lib o’tmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook
1