BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
44.5K subscribers
31.2K photos
2.88K videos
172 files
13.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#fizika

FIZIKA FANI BOʻYICHA OʻQITUVCHILAR OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI YAKUNLANDI

✔️Bugun yurtimiz bo‘ylab fizikaga ixtisoslashgan pedagoglar o‘z bilim va mahoratini O‘qituvchilar olimpiadasida sinovdan o‘tkazdi. Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanib, natijalar tahlil qilinmoqda.

🔰Olimpiadada maxsus muhrlangan qoplar oʻquvchilar guvohligida ochilib, 30 ta test savollari ishtirokchilariga tarqatildi.

✔️Kunning birinchi yarmida barcha ishtirokchilar test sinovlarini yakunladilar.

📱Kunning ikkinchi yarmiga kelib, Fan olimpiadalari markazi tomonidan olimpiada davomida ishtirokchilarga tushgan test savollari hamda ularning video-yechimlari e'lon qilindi.

💠Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi Respublikamiz boʻylab hududlar kesimida 4 467 nafar (72 %) pedagoglar qatnashdi.

Olimpiada boʻyicha murojaat va takliflaringizni Fan olimpiadalari markazining rasmiy telegram botiga yuborishingiz mumkin.

🔴NATIJALAR TEZ ORADA E'LON QILINADI

🔔 Olimpiada jarayoni va natijalari bo‘yicha yangiliklarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
❇️BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMDA JANUBIY KOREYANING KUMOH TEXNIKA LITSEYI ORASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-15-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
#Диққат_танлов

❇️ENG NAMUNALI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMI BOSHLIGʻI TANLOVI DAVOM ETMOQDA


🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ushbu bot 👉 @MMTB2025_bot orqali "Yilning eng yaxshi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi" tanlovi o‘tkazilmoqda.

🔹Tanlovda ishtirok eting va o‘z ovozingizni bering!

🔹Qaysi bo‘lim boshlig‘ining qanday faoliyat olib borayotganini sizning e’tirofingiz aniqlab beradi

❗️Eslatib o‘tamiz, ovozi berish 7- fevraldan 17-fevralga qadar davom etadi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
🌐 | Telegram | Facebook |
#Jondor tumani
❇️ "Kitobxon yoshlar" ko‘rik - tanlovi o‘tkazildi

🔹Tumandagi 11-umumta’lim maktabida 6-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda 18 ta guruh ishtirok etib, 3 ta shart asosida bellashdi.

1-shart – berilgan adabiyotlar yuzasidan test topshirig‘i;
2-shart- berilgan asarlar qahramonlariga ta’rif berish;
3-shart - "Tezkor savol-javob"

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 7-"A" sinf o‘quvchilaridan tuzilgan 3-guruh qo‘lga kiritdi.

🔹2-o‘rin 8-"A"sinf o‘quvchilaridan tuzilgan 1 -guruhga, 3-o‘rin esa 7-"A"sinf o‘quvchilaridan tarkib topgan 8-guruhga nasib etti.

🔹Gʻoliblar pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook