BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.2K subscribers
35.3K photos
3.22K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Jondor
❇️“Maktabimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi doirasida maktab kutubxonalariga 10 ming nusxadan ortiq kitob sovg‘a qilindi

🔰O‘quvchilar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va ularning mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida Jondor tumanidagi maktablarda “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman!” aksiyasi e’lon qilindi.

🔰Aksiyada o‘qituvchilar, ota-onalar, tadbirkor va kitobxonlar faol ishtirok etib, o‘zlari o‘qigan maktab kutubxonalari fondini boyitishda alohida tashabbus ko‘rsatishmoqda.

🔰Ayni paytda aksiya doirasida tumandagi maktab kutubxonalariga 10 mingdan ortiq turli yo‘nalishdagi kitoblar sovg‘a qilindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
❇️Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2024-2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan edi.
Mazkur talab Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-аvgustdagi 531-sonli qarori bilan shartli ravishda 2025-2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirildi.

⚡️Qadrli Ustozlar!

Taraqqiyot jadal sur’atlarda yuksalib borayotgan bugungi davr – o‘qituvchidan zamon bilan hamnafas bo‘lishni, o‘z ustida tinimsiz ishlashni, izlanishni, kuchli bilim va mahoratga ega bo‘lishni talab etmoqda.
Buni har bir o‘qituvchi chuqur anglab yetmog‘i va davr talabiga “labbay” deya javob bermog‘i lozim.

Sahifalarimizga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
Messages in this channel will be automatically deleted after 1 day
Messages in this channel will be automatically deleted after 1 week
Messages in this channel will no longer be automatically deleted
❇️BUXORODAGI 10 TA MAKTAB PISA 2025 TADQIQOTIDA ISHTIROK ETADI

🔹 PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

🔹Bu jarayonda Buxoro viloyatidan tanlangan 10 ta maktab👇
Buxoro shahridagi Prezident maktabi;
Gʻijduvon tumanidagi 5-IDUM;
Kogon tumanidagi 12-,22-,
Qorako‘l tumanidagi 2-,4-,
Jondor tumanidagi 1-, 7-,
Shofirkon tumanidagi 4-,
Vobkent tumanidagi 8-umumta’lim maktabi ishtirok etadi.


🔹 Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

🔹 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O‘zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Buxoro viloyatida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍61
#jarayon
❇️BUXORODA PEDAGOGLAR ATTESTATSIYASIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA

🔹Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining pedagoglari malaka test sinovlaridan o‘tkazilishi belgilangan.

🔹Bugungi kunga qadar Buxoro viloyati bo‘yicha attestatsiya jarayonida ishtirok etish uchun 3 ming nafarga yaqin pedagoglar onlayn ariza topshirishdi.

🔹Ayni paytda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, mazkur jarayon yo‘nalishidagi murojaatlarni o‘rganish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.


Batafsil👉https://telegra.ph/mmtbuz-01-29

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarning 1- sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan hamda akademik litsey o’quvchilari diqqatiga!!!

O’zbekistonda ilk bor “Smart Kenguru” xalqaro matematika olimpiadasi o’tkaziladi.

🎁 Olimpiadada ishtirok etib, tengdoshlaringiz bilan raqobat qiling va bilimingizni sinovdan o'tkazib, Esdalik sovg’alariga ega bo’ling.

⚡️ Buning uchun ushbu havolani ustiga bosib, ro'yxatdan o'ting va belgilangan to’lovni amalga oshirgach , olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini qoʼlga kiriting!

💥 Olimpiada 2-fevral kuni Qoraqalpogiston Respublilasi, Toshkent shahri va Viloyatlar markazlarida bolib otadi, qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qiling yoki direct orqali murojaat qiling.


👉 Batafsil ma'lumotlar uchun
+99894 324 10 50


Manzil:  Chilonzor tumani, Chilonzor dahasi, M-mavze, 28A

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
❇️MAKTABLARDA IJODKORLAR HAMKORLIGIDA “ADABIY MUHIT” LOYIHASI DOIRASIDA UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan o’quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning adabiyotga, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan "Adabiy muhit"loyihasi doirasida viloyatimizdagi taniqli ijodkorlar hamkorligida joylarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔹Navbatdagi tadbir Buxoro tumanidagi 1-IDUM hamda Kogon shahridagi 5-IDUMda bo‘lib o‘tdi.

🔹Xalqaro adabiyot akademiyasining Buxoro viloyati vakili, shoir Ro‘zimurod Maxmudov va boshqa shoirlar, yosh ijodkorlar hamkorligida tashkil etilgan davra suhbati mavzusi Turkiston jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, milliy ma’rifat rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
1👍1