BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.17K subscribers
27.4K photos
2.52K videos
111 files
11.8K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#мактабгача_таълим
❇️BUXORODA "METODIK MAHORAT KUNI" TADBIRLARI BOSHLANDI

🔹Joriy yilning yanvar oyidan boshlab barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat soati», tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa «Metodik mahorat kuni» kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etilishi haqida xabar bergan edik.

🔹Mazkur tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida Buxoro viloyatida 24 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari belgilangan bo‘lib, bugun 7-yanvar kunidan “Metodik mahorat kuni” tadbirlariga start berildi.

🔹Tadbir jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirishda o‘yinga asoslangan ta’limdan foydalanish metodikasi, "Qishki ko‘ngilochar o‘yinlar" mavzusidagi ta’limiy faoliyat uchun ko‘rgazma va tarqatma jihozlardan foydalangan holda ishtirokchilarga zarur ma’lumotlar berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
#Сўраган_эдингиз
#maktabga_qabul

Yurtimizda yashovchi chet el fuqarolari oʻz farzandlarini davlat maktablari yoki bog‘chalariga joylashtirish tartibi qanday? Buning uchun ulardan toʻlov undiriladimi?

❗️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlangan.

Unga koʻra, farzandini Oʻzbekistondagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilinishini istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali oʻrnatilgan tartibda ariza yuboradi.

⭕️ Arizalar vazirlikning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan tegishli komissiya tomonidan yetti ish kunida koʻrib chiqiladi va belgilangan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilishga yoʻllanma berish yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Ariza beruvchi komissiya qaroriga asosan farzandini tegishli davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzi murojaat qilgan portaldagi shaxsiy kabinetidan yuklab oladi.

👉 Eslatma: davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olish barcha (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham) uchun bepul.
____


❗️ Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda toʻliq bayon etilgan.

Unga koʻra, yurtimizdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda barcha uchun bir xil talab mavjud hamda ota-onalardan olinadigan oylik badal toʻlovlari ham mahalliy va chet el fuqarolari uchun bir xil miqdorlarda belgilangan.

👉 Mazkur maʼmuriy reglament bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilgan davlat xizmatlarini koʻrsatilganligi uchun ariza beruvchi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)dan yigʻim undirilmaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, e’lon!!!

Hurmatli pedagoglar va ota-onalar!

Joriy yilning 8-yanvar kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab ta’limi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik mas’ullari tomonidan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish, fuqarolarga dublikat shahodatnomalarini berish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir savollarga batafsil javob beriladi.

👉 Mavzuga doir savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM