BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
2.99K subscribers
27K photos
2.49K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov rahbarligida viloyatdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan mazkur yig‘ilish avvalida bu boradagi mavjud holat tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

🔹O‘quvchilar davomatini ta’minlash, shaxmat xonalarini tashkil etish, maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirish, mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish o‘quvchilarni xorijiy tillarga va kasbga o‘rgatish borasidagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, ta’lim muassasalarida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, issiqlik va energiya tejamkorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Bu borada mavjud muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Qilinish lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Futzal shiddatini his qilishga tayyormisiz? 🎉

Jahon chempionatidan soʻng yana Buxoroga ajoyib futzal kechalari qaytmoqda! Futzal maydonida haqiqiy jang, ajoyib texnika va g‘alabaga chanqoq jamoalar sizni kutmoqda!
Maydonda bo‘lgan har bir soniya – tarix! Har bir g‘alaba – shon-sharaf va siz ularga jonli guvoh boʻlishingiz mumkin.
Ha aytgancha siz viloyat jamoasini qoʻllab-quvvatlash orqali homiylarning esdalik sovgʻalariga ham ega chiqish imkoniyatiga egasiz.

“Uchrashuvlarga kirish mutlaqo BEPUL”

📍 Manzil: Universal sport majmuasi
🗓 Sana: 5-7 dekabr
🕒 Boshlanish vaqti: belgilangan muddatlarda

🔥 Keling, qo‘llab-quvvatlang, g‘alabaga guvoh bo‘ling! 🔥
Forwarded from NHRC | НЦПЧ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Barcha maktab bitiruvchilari diqqatiga!

👍 Toshkent shahridagi Adju universiteti ilm-fanga qiziqadigan yoshlarimizni kreativ fikrlovchi va salohiyatli kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga qaratilgan «Kelajak muhandisi» xalqaro olimpiadasiga taklif etadi!

🏆 Xalqaro olimpiada 2025-yilning 7-8 yanvar kunlari universiteti kampusida quyidagi taʼlim yoʻnalishlarida oʻtkaziladi (havolaga kiring):
Arxitektura va interyer dizayn
Qurilish muhandisligi
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi

📖 Tanlovda davlat va nodavlat umum taʼlim, ixtisoslashtirilgan va president maktablari, akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.

🗓 Muhim sanalar:
2024-yil 1-dekabr – arizalar qabul qilish boshlanadi.
2024-yil 25-dekabr – arizalarni qabul qilish yakunlanadi.
2025-yil 7-8 yanvar – olimpiada oʻtkaziladi.
2025-yil 8-yanvar – olimpiada gʻoliblari eʼlon qilinadi.

📝 Ishtirokchi bo‘lish uchun ushbu havola orqali ariza yuboring.

🏛 Olimpiada Adju universitetining (Koreya Respublikasi) qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.

🎁 Mukofotlar:

Olimpiada g’oliblari Toshkent shahridagi Adju universitetiga imtiyozli shartnoma asosida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.

👉🏻 +998712086969

Universitet matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash

Uzrli sabablarga ko‘ra CHSB va BSB sinovlarida ishtirok eta olmagan o‘quvchilarga ushbu imtihonlarni topshirish uchun qayta imkoniyat beriladimi? Sinovlarda o‘z vaqtida ishtirok etmaganlarning bali kamaytirilishi rostmi?

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin