BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
44.7K subscribers
31.1K photos
2.87K videos
172 files
13.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Vazir_kubogi
#fotoreportaj

🔴 Ayni vaqtda sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

📍 Musobaqada umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf oʻquvchi-qizlari jamoaviy va yakka tartibda ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi, Maktabgacha va maktab vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida anonim so'rovnoma tashkil etildi.

🔹Bundan ko'zlangan maqsad tizim tashkilotlar va muassasalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish va korrupsiyaning olini olish bo'yicha yanada samarali chora-tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.

🔹 Faol bo'ling! Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉https://forms.gle/twWyzrZYg4ZRSfWs5

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❇️BUXORO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA RESPUBLIKA O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda pedagogik mahorat markazi hamkorligida "O‘quvchilarning intelektual va ma’naviy salohiyatini oshirishda filologiya fanlarining ahamiyati" mavzusida respublika o‘quv seminari tashkil etildi.

🔹Seminarda respublikamizning ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, ingliz tili va nemis tili fani o‘qituvchilari onlayn va offlayn tarzda ishtirok etishdi.

🔹Seminar-trening jarayonida bugungi ta’limdagi islohotlar davrida va o‘quvchilarning intellektual, ma’naviy salohiyatini oshirishda filologiya fanlarining o‘rni xususida to‘xtalib o‘tildi, bu borada mavjud muammolar va ularning yechimlari borasida metodik tavsiyalar berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

❇️Buxoro viloyat sudi tashabbusi bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida “Sud va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Vazir_kubogi
#badiiy_gimnastika

Bugun poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik masʼullari, tegishli tashkilot va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Musobaqada umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf oʻquvchi-qizlari maktab, tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda respublika bosqichlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.

Musobaqaning tuman (shahar) bosqichi 7-10-oktabr kunlari, hududiy bosqichi 21-25-oktabr kunlari tashkil etildi.

Bugun boʻlib oʻtgan musobaqaning Respublika bosqichi yakuniy natijalariga koʻra, jamoaviy bahslar boʻyicha:

🥇 1-oʻrin — Toshkent shahar jamoasi;
🥈2-oʻrin — Jizzax viloyati jamoasi;
🥉3-oʻrin — Sirdaryo viloyati jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Yakka ishtirokchilar yoʻnalishi boʻyicha:

2016-yil tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:


🥇1-oʻrin — Xadicha Asadullayeva (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Kamila Qilichova (Buxoro viloyati);
🥉3-oʻrin — Esmira Abilkirimova (Samarqand viloyati)ga;

2017-yilda tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:


🥇1-oʻrin — Samira Xolmurodova (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Samira Nosirjonova (Namangan viloyati);
🥉3-oʻrin — Samira Jurayeva (Buxoro viloyati)ga nasib qildi.

Musobaqa gʻoliblari Vazir kubogi, maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM