BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.05K subscribers
26.8K photos
2.47K videos
111 files
11.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Ayni_paytda
❇️BUXORODA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING IKKINCHI BOSQICHIGA START BERILDI

🔹Bugun, 21-oktyabr Buxoro viloyatining barcha hududlarida umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fan olimpiadasining shahar, tuman bosqichlariga start berildi.

🔹Bugun o‘quvchilar olimpiadada tarix va geografiya fanlari bo‘yicha bellashmoqdalar. 30 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt ajratilgan.

🔹Sinovlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyatlari yaratilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook
⚡️DIQQAT, TANLOV!

❇️O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi “O‘zbek tili bilimdoni” viloyat tanlovini e’lon qiladi.

🔹Tanlovda viloyatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari https://imtek.buxedu.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishlari mumkin.

🔹Tanlov 2 yo‘nalishdagi test sinovlaridan iborat:

✔️O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni va davlat tiliga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar, imlo qoidalari asosida 20 ta test savollari beriladi.

✔️A. Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asaridan 30 ta test savoli taqdim etiladi.

🔹Har bir test savoli uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test natijalariga ko‘ra, 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

🔹Tanlov joriy yilning 21-oktabr kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#мактабгача_таълим
❇️ONA TILIM - IFTIXORIM!

🔹Ona tili-millatning ruhi, uning or-nomusi, ezguliklari, ma'naviy qiyofasi orzu umidlarini namunasidur. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidur.

🔹Farzand tarbiyasida onaning o'rni beqiyos bo'lgani kabi inson hayotda o'z o'rnini topishida, kamolotga eltuvchi tiling o'rni ulkan ahamiyatga ega.

🔹 Jajji bolajonlar qalbida ona tiliga bo'lgan mehrni uyg'otish ayni vaqtda kelajak poydevori bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlanishi bejiz emas albatta.

🔹Vobkent tumanidagi 22-DMTT da tashkil etilgan "Ona-tilim iftixorim" deb nomlagan badiiy kechada tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tomonidan ona tilini madh etuvchi she'rlar va qo'shiqlar ijro etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |