Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Байрам_шукуҳи
✅ Bayram tadbirlari doirasida kunning ikkinchi yarmida ustozlar uchun “Yangi O’zbekiston” bog’iga sayohat va “Bahodir Yalangto’sh” filmi namoyishi bo’lib o’tdi.
#Fotoreportaj #Bayram_muborak
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Fotoreportaj #Bayram_muborak
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_bayrami
#ikkinchi_kun
🔹Respublikamizning turli hududidan kelgan ustozlar “Tashkent city Mall” majmuasidagi “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko’rgazmasi bilan tanishdi.
⚡️Shuningdek, Respublika Bolalar kutubxonasida ham bo’lishdi.
Telegram | Facebook | Veb sayt

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir inson hayotida jonkuyar ustozlari haqida shu kabi hikoyalar borligiga ishonaman.
Ustoz va murabbiylar, biz sizlarni qadrlaymiz! Bayramingiz muborak!
@hilola_umarova

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан давлат мукофотларини топширади ҳамда соҳа вакиллари билан таълимда амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан мулоқот ўтказади.
Шунингдек, давлатимиз раҳбари янгидан ташкил этилган Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институтида яратилган шароитлар билан танишади.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды в связи с Днем учителей и наставников, а также проведет диалог с представителями сферы о проводимой работе и дальнейших приоритетных задачах в образовании.
Глава государства также ознакомится с созданными условиями в новом Национальном институте педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони.
Facebook|Instagram|X

Президент Шавкат Мирзиёевнинг таълим-тарбия соҳаси вакиллари билан мулоқоти бошланди.
Аввало, алоҳида ўрнак кўрсатган таълим соҳаси ходимларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.
Президент мамлакатимизнинг барча таълим-тарбия ходимларини Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан самимий муборакбод этиб, давлат мукофотларини ўз эгаларига тантанали равишда топширди.
Facebook|Instagram|X
Аввало, алоҳида ўрнак кўрсатган таълим соҳаси ходимларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.
Президент мамлакатимизнинг барча таълим-тарбия ходимларини Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан самимий муборакбод этиб, давлат мукофотларини ўз эгаларига тантанали равишда топширди.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Avvalo, siz, azizlar bilan – qalbimga eng yaqin, olijanob insonlar bilan mana shunday qutlug‘ ayyomda, bayramona kayfiyatda ko‘rishib turganimdan baxtiyorman.
Sizlarni, sizlarning timsolingizda mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz, ko‘pmillatli xalqimiz nomidan sizlarga yuksak hurmat-ehtiromimizni, ezgu tilaklarimizni bildirib, chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Biz ustozni otadek ulug‘ deb bilgan, uni hamisha boshiga ko‘tarib e’zozlagan buyuk, ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz.
Tariximizdagi qaysi mashhur ajdodimizni olmaylik, ularning barchasi ustozlarga yuksak ehtirom bilan qaraganlariga guvoh bo‘lamiz.
Ustozini, muallimini e’zozlagan jamiyat albatta ravnaq topadi, gullab-yashnaydi.
O‘qituvchisining qadr-qimmati baland bo‘lgan xalqning obro‘-e’tibori yuksak bo‘ladi.
Hayotda har bir ezgulik, har bir kashfiyot va yutuqning zamirida o‘qituvchining mehnati, bardoshi va mehr-muhabbati mujassam.
Shu bois, har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijaga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda aziz ustozlarimizning beqiyos hissasi borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir.
Shaxsan men o‘qituvchi deganda – o‘zim uchun aziz va qadrli bo‘lgan zotlarni, yuz-ko‘zidan nur yog‘ilib turadigan moʻtabar insonlarni tasavvur qilaman.
Samimiy va mehribon, shu bilan birga, talabchan ustozlarimni, ularning darslari, hayotiy saboqlarini hamisha sog‘inaman.
Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

"Jamiyatimizdagi eng jonkuyar, vatanparvar, xalqparvar insonlar, zamonamizning eng ilg‘or kishilari – bu avvalo ustoz va muallimlardir.
Shu sababli xalqimiz o‘zining eng katta boyligini – farzandlari tarbiyasini sizlarga ishonib topshiradi.
Hayot ma’nosi, o‘zgarishlar mazmunini chuqur anglab, boshqalarga tushuntiradigan, odamlarni ezgulikka, yangi marralarga ruhlantiradigan ham siz, muhtaram ustozlardir.
Barchamiz yaxshi bilamiz, insonning ongi, dunyoqarashi o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi. Jamiyat o‘zgarmasa, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.
Lekin odamlarning tafakkurini, shu asosda butun jamiyatni kim o‘zgartira oladi?
Yangi O‘zbekistonning yangi beruniylari, yangi Xorazmiylari, Ibn sinolari, Farg‘oniylarini kim kamolga yetkazadi?
Albatta, bunday ezgu va ulug‘vor vazifani, tom ma’nodagi tarixiy missiyani ado etishga faqat siz – ustoz va murabbiylar qodirsiz.
Bugun azamat yoshlarimiz jahon maydonlarida o‘z kuchi va bilimi, iste’dodi bilan ulkan marralarni qo‘lga kiritayotganini ko‘rib, quvonib turibmiz.
Bu g‘alabalar avvalo ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati samarasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Shu bois sizlarning sha’ningizga, muhtaram ustozlarimiz sha’niga qancha yaxshi gaplarni aytsak, go‘zal ta’riflar bildirsak, qanday ezgu tilaklarni yo‘llasak, o‘ylaymanki, buyam adolatli haqiqat bo‘ladi" — dedi Shavkat Mirziyoyev ta'lim-tarbiya sohasi vakillari bilan bo'layotgan muloqotda.

➖ Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun oliygohlarda sirtqi ta’lim shaklini tikladik.
Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarimiz dunyodagi nufuzli ta’lim markazlari bilan samarali hamkorlik qilinib xalqaro darajadagi pedagog kadrlar tayyorlanmoqda.
O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.
Bugun muallimlarning 88 foizi 6 million so‘mgacha, 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda.
O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.
Albatta, bu hali yetarli emas, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshganini ta’kidlash lozim.
O‘tgan 5 yilda maktab ta’limida, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv vazifasini bajaradigan 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik.
Ana shu maktablar dasturlari asosida tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar yaratilmoqda. Eng muhimi, bu maktablar aniq samara bera boshladi.
Ushbu maktablarni bitirgan 100 nafar yigit-qiz dunyoning TOP-100 oliygohlarida tahsil olmoqda. Prezident maktablaridagi baholash tizimi hozir 500 ta umumta’lim maktabida qo‘llanmoqda.
Baholashni samarali yo‘lga qo‘ygan 66 ta maktab jamoasiga 40 foizgacha ustama to‘lanmoqda.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni seleksiya yo‘li bilan tanlab olish bo‘yicha ilgari bo‘lmagan yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
Natijada bu yilning o‘zida xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 ta medalni qo‘lga kiritdi (2023-yilda 91 ta bo‘lgan).
Ko‘rdingizmi, inson omiliga e’tibor qanday samara bermoqda! — dedi Shavkat Mirziyoyev.