BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
48.3K subscribers
30.5K photos
2.81K videos
167 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️SHOFIRKON TUMANIDAGI YANA 2 TA MAKTAB YANGI O‘QUV BINOSIGA EGA BO‘LDI

🔹Tumandagi 24-umumta’lim maktabi yangi haftada yangicha ko‘rinishda o‘quvchilarga eshik ochdi. Investisiya dasturi doirasida 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ hisobiga barpo etilgan 240 o‘rinli o‘quv binosi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘libgina qolmay, bunda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha qulayliklarga ega.

🔹Shuningdek, tumandagi 51-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun ham bugun nihoyatda quvonchli kun bo‘ldi. Davlat dasturi asosida mazkur ta’lim muassasasiga ham 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. Maktabning rekonstruksiya ishlari uchun jami 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.

🔹Yangi o‘quv binolarining ochilish marosimi chinakam tantanaga aylandi. Unda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, ota-onalar, mahalla ahli va OAV vakillari ishtirok etdilar.


Telegram | Facebook |
#қонунчиликдаги_ўзгаришлар

Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qator Kodeks hamda Qonunlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha orqali nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshirilishini belgilandi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 53-moddasi uchinchi qismiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli maqsadlar uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmasligi belgilandi.

Shuningdek, qabul qilingan yangi Qonunga koʻra:

taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi mexanizmi joriy etildi;

davlat taʼlim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi belgilandi.

👉 Qonunning to‘liq matni:
https://lex.uz/pdfs/7093724

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#эълон
❇️YANGI TASHKIL ETILGAN MAKTABLARDA ISHLASH ISTAGIDA BO‘LGAN PEDAGOGLAR DIQQATIGA!


🔹Xabaringiz bor, yangi tashkil etilayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuqori salohiyatli kadrlarni tanlash orqali sifatli ta’limni ta’minlash maqsadida pedagoglarni tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

🔹Ushbu tajriba asosida 2024-2025-o‘quv yilida ham yangi tashkil etilgan maktablarda faoliyat yuritishga nomzod pedagoglar Vazirlikning ish.uzedu.uz elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda tanlov jarayonlari pedkadr.uzedu.uz elektron platformasida tashkil etiladi.

🔹Joriy o‘quv yilida Buxoro shahrida 44-, Gʻijduvon tumanida 65-, Vobkent tumanida 41-umumta’lim maktablari tashkil etildi. Mazkur maktablarda faoliyat yurtishi istagida bo‘lgan pedagoglar joriy yilning 12-sentyabr kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tib, tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Jarayon
❇️BUXORODA "ZAKOVAT" TURNIRINING DASTLABKI BOSQICHIGA START BERILDI


🔹Bugun, 9-sentyabr kuni Buxoro viloyatida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi "Zakovat" turnirining tuman (shahar) bosqich saralash o‘yinlariga start berildi.

🔹Uch turda o‘tkaziladigan mazkur o‘yinlarda ishtirokchi jamoalarga jami 30 ta savol beriladi.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-,2-, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

❇️Shofirkonda yangi o‘quv yili qator maktablarda yangi binolarda boshlandi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Xon_atlas_festivali
#Chellendj

🌈Atlas va adras matolari milliyligimizning bir timsoliga, millatimiz urf-odatlari va turmush tarzini, an’analarini o‘z naqshlarida aks ettirgan belgiga aylanib ulgurgan.

🌈O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan “Xon atlas” festivali viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida yuqori saviyada bo’lib o'tmoqda.

🌈Buxoro va Qorovulbozor tumanidagi umumta’lim maktablarida o’tgan tadbirlardan lavhalar🤞

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#sayyor_qabul

❇️ NAVBATDAGI SAYYOR QABUL BO’LIB O’TADI

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.

🔹Qabul joriy yilning 12-sentabr kuni Buxoro shahar "Muhammad Narshaxiy" mahalla fuqarolar yig'ini binosida soat 10:00 da  bo‘lib o‘tadi.

🔹Qabulda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlari bo'lgan barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

🔹Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun  qo'yidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin👉 +998939616622

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |