BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
23.4K subscribers
29.5K photos
2.71K videos
148 files
12.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Xalqaro_tanlov

Bugun Buxoro, Samarqand hamda Jizzax viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari o'quvchilaridan iborat jamoa 6-12 iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatida bo‘lib o‘tadigan "ISSIQKO‘L DO‘STLARNI YIG‘MOQDA-2024"  XIV Xalqaro etnokarnavalida ishtirok etish uchun yo‘lga chiqishdi.

🎊 "Barkamol avlod" bolalar maktablari  jamoasiga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🇺🇿🇺🇿 “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ ТАНЛОВИНИ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ!

📣 “Эл-юрт умиди” жамғармаси хорижий давлатлар нуфузли университетлари ва илмий марказларида бакалавриат, магистратура ва докторантурада таълим олиш учун 500 ўринга мўлжалланган 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловини эълон қилади!

“Эл-юрт умиди” жамғармасининг 2024 йилги 1-очиқ стипендия танлови 500 ўринга мўлжалланган бўлиб:

- бакалавриат таълим дастури учун 100 ўрин,
- магистратура таълим дастури учун 250 ўрин,
-докторантура таълим дастури учун 150 ўрин ажратилган.


🔣 Стипендия танловига номзодлар ҳужжатларини қабул қилиш жорий йилнинг 25 июндан 25 июлга қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади.

👫 Саралаш танлови жараёнларини ўтказиш, жумладан номзодларнинг интеллектуал, таҳлил қилиш ва ижодий қобилиятлари даражасини аниқлашга қаратилган қўшимча тест синовлари ҳамда назарий билим ва амалий кўникмалари даражасини аниқлашга қаратилган давлат тилида суҳбат ўтказиш жорий йилнинг 25 июлдан 24 августга қадар давом этади.

✏️ Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади.

🌐 Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг онлайн ҳужжат топшириш платформасида (
https://admission.eyuf.uz) батафсил ёритиб берилган.

🌐 Эътибор беринг, (
https://admission.eyuf.uz онлайн қабул платформаси 2024 йил 25 июндан бошлаб ҳужжатларни қабул қилишни бошлайди.

☎️ Қўшимча саволларга жавобларни
+99 871 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53
телефон рақамларидан ёки
[email protected] электрон почта манзили орқали олишингиз мумкин.

Телеграм бот: @EYUF_Admission_2023bot

👦👦 “Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган Сиз ёшларни очиқ стипендия танловида кутиб қолади!

Батафсил ўқинг

🌆 EYUF axborot xizmati

🌐
Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube 

🌐 www.eyuf.uz
_MA'NAVIYAT_O'QUVI_

🔷 Joriy yilning 5-iyul kuni viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida navbatdagi ma'naviyat o'quvi bo'lib o'tdi.

🔷 Ma'naviyat o'quvi "Ma'rifatli jamiyat qurish jarayonida Sharq mutafakkirlari ilmiy -ma'naviy merosining ahamiyati " mavzusida o'tkazildi.

🔷 O'quvda 45 nafar pedagog-xodimlar ishtirok etishdi.O'quvni Madaniy ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish bo'limi boshlig'i Ramazonova Dilnoza hamda uslubshunos Shodmonova Laylolar olib bordilar.

🔷 Bu kabi ma'naviyat o'quvlari nafaqat pedagog-xodimlarga balki to'garak a'zolariga o'tkazilishi maktabda ma'naviy bilimlarni oshirish, o'quvchi-yoshlar qalbida ajdodlarimizga va mutafakkirlarimizga bo'lgan cheksiz hurmat va faxr tuyg'usini uyg'otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔷 Bugungi ma'naviyat o'quvi ishchi xodimlar va to'garak rahbarlari o'rtasida savol-javoblar orqali mustahkamlandi. Xodimlarning mavzuga doir bilimlari sinovdan o'tkazildi.
#sayyor_qabul
❇️MUROJAATLAR BOSHQARMA E’TIBORIDA

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tizimidagi muammolar va dolzarb masalalarni o‘rganish hamda ularni ijobiy hal qilish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Qabul jarayonida fuqarolarning ish bilan ta’minlash, farzandlarini maktabga joylashtirish, qo‘shimcha dars soatlari qo‘shib berish bilan bog‘liq bir qator masalalarda murojaatlari tinglandi.

🔹Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida bartaraf etilib, yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |