BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.03K subscribers
26.8K photos
2.48K videos
111 files
11.6K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

✳️ Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ishtirokchilari Buxoro shahridagi tarixiy obidalarga sayohat qilishdi.

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
* Жараён

ХАЛҚАРО БИОЛОГИЯ ОЛИМПИАДАСИНИНГ 2-ТУРИ АМАЛИЙ ҚИСМИ ЯКУНЛАНДИ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 августдаги “Кимё ва биология йўналишларида узлуксиз таълим сифатини ва илм-фан натижадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 21 февралдаги 31-сонли мажлис баёнида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш мақсадида илк маротаба ўтказилаётган олимпиада қизғин давом этмоқда.
15-18 ёшли ўсмирлар ўртасида ўтказилаётган халқаро биология олимпиадаси 2 турда ташкил этилди.
1-тур ёзма иш (назарий) шаклида ўтказилиб, иштирокчиларга турли қийинлик даражасидаги 50 та топшириқ берилди.
Олимпиаданинг 2-тури амалий иш шаклида ўтказилиши, бунда иштирокчиларга 2 та топшириқ берилиши ва ҳар бир топшириқ 50 балл тизимида баҳоланиши кўзда тутилган.
Икки тур учун жами 200 балл берилади. Сўнгги таҳлиллар асосида ғолиб ва совриндор деб топилган жамоа вакиллари муносиб тақдирланади.

Тоҳир ИСТАТОВ фотолавҳаси

⭕️ Уланиш учун: @buxoronoma1920
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_nima_deydi
#Xalqaro_olimpiada

Asadzade Rasul,
Ozarbayjon terma jamoasi a’zosi:


Men hozir Ibn Sino olimpiadasida qatnashyapman. Biz jamoamiz bilan Buxoroning bir qator maskanlarida sayohat qildik.

Ulardan biri bu Ibn Sino nomidagi muzeydir. Bu muzey qiziqarli qadimiy buyumlarga boy ekan va mening sevimli joyim bo‘lib qoldi. Muzeydagi ba’zi buyumlar Ibn Sinoning o‘zi tomonidan yasalgani ayniqsa e’tiborga molik.

Sayohat davomida biz Ibn Sinoning tibbiyotga qo‘shgan hissasi haqida gaplashdik. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu maskan sayohat uchun eng yaxshi joylardan biri, deb o‘ylayman.

Imtihon jarayonlarini u qadar qiyin, deb aytolmayman. Hammasi juda yaxshi bo‘ldi, lekin oldindan nimadir deyish qiyin. Bronza yoki kumush medal olishga umid qilyapman.
_____

Abdullah Hajid Alsubai,
Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zosi:


Biz kecha Ibn Sino nomidagi muzeyga bordik. Juda qiziqarli joy ekan. Bu yerda Ibn Sinoning tibbiyot va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ixtirolarini ko‘rdik.

Ibn Sino barcha sharq davlatlarida bo‘lgani kabi mening yurtimda ham juda mashhur. Men uning ba’zi asarlarini o‘qish imkoniga ega bo‘lganman.

Ayni vaqtda o‘tkazilayotgan olimpiada yangi do‘stlar orttirish va boshqa xalq madaniyati bilan tanishish imkonini berayotganligi bilan bizda ajoyib taassurot qoldirmoqda. Olimpiada yakunida yaxshi natijalarga umid qilyapmiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

✳️Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO BIOLOGIYA OLIMPIADASI

“MILLAR” informatsion dasturi!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur bilan hamkorlikda maktab direktorlari uchun kasbiy rivojlantirish seminar-treninglari bo’lib o’tmoqda.

Treninglarda xorijlik mutaxassislar tomonidan:

ta’limda ko’zda tutilgan islohotlarni amalga oshirishda maktab rahbariyatining o’rni,
ustozlarning kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash,
islohotlar mazmunini maktab jamoasiga yetkazish, ta’limda menejmentni rivojlantirish,
ta’lim muassasasidagi muhitni yaxshilash haqida so’z bormoqda.

✔️Ta’kidlash joiz, loyiha ustozlar orasida o’zaro qo’llab-quvvatlash, tajriba almashish muhitini yaratishga qaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM