BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.2K subscribers
35.3K photos
3.22K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada
#fotoreportaj

Bugun Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining  2 - turi bo'lib o'tmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o'tayotgan jarayonlar qizg'in davom etmoqda.

2-tur amaliy ish shaklida o‘tkazilib, 2 ta topshiriq beriladi va har biri 50 balldan maksimal 100 ball bilan baholanadi. 2-tur topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat vaqt ajratilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
👍4
⚡️Rasmiy munosabat

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda “Shofirkonda o‘qituvchisining qo‘lini sindirgan sobiq sudyaning o‘g‘li jazoga tortilmadi” sarlavhali xabar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra, holat bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Fransuz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarining 2-bosqichi boshlandi

Avval xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarni Fransiyaning nufuzli oliygohlariga stajirovkaga yuborish yuzasidan yangi loyihaga start berilgan.

Loyihaning 1-bosqichi doirasida joriy yilning 7-8-may kunlari fransuz tili ustozlari bilimlari “Ev@lang” platformasi orqali baholandi.

Kuni kecha 1-bosqich natijalariga muvofiq 2-bosqichga tavsiya etilgan o‘qituvchilar uchun 30 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi. Kurslar doriy yilning 14-iyun kuniga qadar davom etadi.

❗️Mazkur kurslar Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi Fransuz alyans tashkilotida o‘tkazilmoqda. Malaka oshirish kurslari fransiyalik malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.

Ushbu loyihaning keyingi bosqichida o‘qituvchilar  15 soatlik onlayn shaklda malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi va ularni 4-bosqichda Fransiyaning nufuzli — Nitsa va Grenobl oliygohlariga stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.

⚡️Shuni alohida ta’kidlash joiz: ushbu imkoniyat Fransiya davlati tomonidan ilk bora taqdim qilinmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM