BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18.3K subscribers
35.2K photos
3.22K videos
181 files
14.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🟢BOLAJONLAR QADRDON BOGʻCHALARI BILAN XAYRLASHDILAR

🌈Shofirkon tumanidagi 44-sonli DMTTda "Xayr bog'cham, salom maktab" nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

🌈Tadbirda tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari o'zlarining yil davomida olgan bilimlari, o'rgangan she'r va qo'shiqlarini namoyish etib, barchaga zavq ulashdilar.

🌈Tadbirda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari hamda tarbiyalanuvchilarining ota-onalari ishtirok etdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#қонунчиликдаги_ўзгаришларга_шарҳ

✔️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga sharh berildi.

Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillar boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati ushbu qoʻshma qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.

❗️ Qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xushxabar
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR AL-XORAZMIY XALQARO OLIMPIADASIDA 3 TA KUMUSH MEDALINI QO‘LGA KIRITISHDI

🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 26-31-may kunlari poytaxtimiz Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

🔹O‘zbekistonda ikkinchi marta 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur olimpiadada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari, jami 120 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etdilar.

E’tirof etish joizki, buxorolik o‘quvchilar - Vobkent tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Durbek O‘ktamov, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchilari Muhammadali Rasulov hamda Nurbek Umarovlar kumush medallarini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilishdi.


⚡️Gʻalaba muborak bilimdonlar!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍12
#Taqdirlash_marosimi

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻquvchilarimiz 30 ta medalni qoʻlga kiritdi

Poytaxtimizdagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi.

14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi.

⚡️ Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi.

Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan:

10 nafar ishtirokchi — oltin medal;

19 nafar ishtirokchi — kumush medal;

26 nafar ishtirokchi — bronza medallari
bilan taqdirlandi.

❗️ Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritishdi.

👉 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi gʻoliblarining toʻliq roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Turon_teatri

📣 "Turon" maktab teatri tanlovining qizg'in pallasi tobora yaqinlashmoqda!

Tanlovning Respublika bosqichi 3–6-iyun kunlari Buxoro viloyatida bo'lib o'tadi!

Unda hududlardan saralangan 14 ta jamoa g'oliblik uchun kuch sinashishadi.

Ushbu bosqich
da 1-o'rinni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.


📍 Tanlovning taqdirlash marosimi tarixiy Poyi Kalon ansamblida bo’lib o’tadi.
_____
TEAT
R - TARBIYA MASKANIDIR!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Faxr
❇️BUXOROLIK RAKETAMODELCHILARDAN NAVBATDAGI GʻALABA!

🔹Kuni kecha Rossiyaning Korolev shahrida bo‘lib o‘tgan raketamodel sporti bo‘yicha II xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi nomidan ishtirok etgan buxorolik raketamodelchilar bu yil ham g‘alaba bilan qaytishdi.

🔹Musobaqada Gʻijduvon tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Aviamodel" to‘garagi rahbari Shaxboz Bafoyev shaxsiy hisobda 1-, o‘quvchilari Sardor Ro‘ziyev 1-, Firuz Bahodirov 2-o‘rinlarni qayd etib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

🔹Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan “Barkamol avlod”ning barkamol yoshlari bilan faxrlanamiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2