BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
48.3K subscribers
30.5K photos
2.81K videos
167 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Сўнгги_қўнғироқ
#Peshku_tumani

🔔 Peshku tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov ishtirok etib, maktab bitiruvchilariga mustaqil hayotga ilk qadamlarini boshlayotganlari va bugungi tadbir bilan samimiy tabrikladi.

💥“So‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirida tuman hokimi tomonidan tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini shaxsan o‘qib eshittirilishi, o‘quvchilarga, xususan maktab bitiruvchilariga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan ko‘tarinki ruhda davom etib, nihoyat so‘ngi qo‘ng‘iroq baralla chalinib, 2023-2024 o‘quv yilining bitiruvchilariga oq yo‘l tilandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi yetkazildi.

Bugun, 25-may kuni viloyatimizdagi mavjud 548 ta umumtaʼlim maktablarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. Buxoro viloyati xokimining o‘rinbosari Mirali Xamrayev Buxoro shahridagi o‘zi tahsil olgan 17-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan ana shunday tadbirda qatnashdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Сўнгги_қўнғироқ

🎊Buxoro tumanidagi 20-umumta'lim maktabiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev tashrif buyurdi. Ta'kidlash joizki aynan shu maktabi rektorni o'zi ham tahsil olgan. O'z nutqida bitiruvchilarni tabriklab, rektor stipendiyasi sovrindorlariga pul mukofotlari hamda kitoblar to'plamini taqdim etdi.

🎉Tadbirda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#25may #uzbekiston24
Buxoroda «Ilm – saodat kaliti!» shiori ostidagi «So’nggi qo’ng’iroq» tadbirlari bo'lib o'tdi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Сўнгги_қўнғироқ
#Қоракўл_тумани

🤩Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan tadbirlarda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Xurshid Toxirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrigi tantanali o‘qib eshittirildi.

Xurshid Toxirov bitiruvchilarni davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishga chaqirdi.

Tadbir so‘ngida o‘quv yili davomida o‘rnak ko‘rsatgan ijodkor pedagog-xodimlar, a’lochi o‘quvchilar, shuningdek, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Ta’kidlash joizki, bugun mazkur ta’lim dargohini tugallagan 81 nafar 11-sinf bitiruvchilari qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashdilar. Quvonarlisi, ularning 30 nafari allaqachon talaba degan sharafli nomga sazovor bo‘lishga ham ulgurdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM