BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
44.4K subscribers
31.2K photos
2.88K videos
172 files
13.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🤩“Buxoro viloyati hokimi” sovrini uchun tashkil etilgan fan olimpiadasining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16-17-may kunlari “Buxoro viloyati hokimi” sovrini uchun viloyat umumta’lim muassasalarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida biologiya fanidan tashkil etilgan olimpiadaning dastlabki bosqichi o‘tkazilib, unda yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 50 nafar o‘quvchi olimpiadaning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Bugun, 22-may kuni Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabida Biologiya olimpiadasining 2-bosqichiga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hidoyat Rahmonova barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

2-bosqich natijalariga ko‘ra, 1-2-3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatida farzandini o'qitish istagida bo'lgan aziz ota-onalari diqqatiga!
🏫 BUXORO SHAHRIDAGI 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI iqtidorli o'quvchi-yoshlarni 2024-2025-o'quv yilidan o'qishga chorlaydi!

🪪 Aniq va tabiiy fanlarni o'qitishga ixtisoslashtirilgan mazkur o'quv dargohida Siz IELTS, CEFR, TOPIC, SAT va "Umumta'lim fanini bilish to'g'risida" milliy va xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritib, TOP 1000 va Respublikamizdagi nufuzli universitetlarning grant dasturlariga qatnashish imkoniyatiga ega bo'lasiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida maxsus maktab-internatlar direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi tomonidan mavjud maxsus maktab-internatlarida olib borilgan o‘rganishlar va bu o‘rganishlar jarayonida kuzatilgan kamchilik hamda muammolar xususida to‘xalib o‘tildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, tibbiy ko‘rik jarayonlarini belgilangan tartibda o‘tkazish, o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish va ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mavjud kamchilik va muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#19_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Saljuqiylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda o‘rta asrlarda Saljuqiylar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
#Live

Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Bunda ona tili va adabiyot fanidan 9-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

👉 Jonli efir: https://www.youtube.com/live/NzyyEy4JY_c?si=EololwEOBCvUGAnx

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сўнгги_қўнғироқ_тадбирларини_ўтказиш_бўйича.pdf
232 KB
🔔“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etilgan holda 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi

💥Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari:

➡️ joriy yilning 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

➡️ maktab o‘quvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

➡️ yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantiriladi;

➡️ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩“Buxoro viloyati hokimi” sovrini uchun o‘tkazilgan olimpiadaning 2-bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar berganimizdek, o‘quvchilarning biologiya fanini chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish, biologiya fani yo‘nalishida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, saralash va ularni kelgusidagi olimpiadalariga tayyorlash maqsadida viloyat umumta’lim muassasalarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan mazkur olimpiadaning 2-bosqichida 50 nafar o‘quvchilar ishtirok etibb o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan 3 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi:

1-o‘rin – Buxoro shahridagi 35-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi Nodira Muqumova;
2-o‘rin – Jondor tumanidagi 21-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Jasmin Nekmurodova;
3-o‘rin – Buxoro shahridagi 35-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Parizod Ro‘ziyeva

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM