BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
23.5K subscribers
29.5K photos
2.71K videos
148 files
12.5K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🤩BUXORODAGI 46 TA MAKTABDA “ZAMIN” FONDI DASTURI DOIRASIDA ICHIMLIK SUV TA’MINOTI VA SANITARIYA TIZIMI YARATILADI

Xabaringiz bor, “Zamin” fondi tomonidan "Umumta’lim maktablarida suv, sanitariya va gigiyena" dasturi doirasida viloyatimizdagi maktablarda suv ta’minoti va sanitariya tizimi yaratilmoqda.

Mazkur loyihaning dastlabki bosqichida 16 ta, ikkinchi bosqichida 17 ta maktabda quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatilgan. Suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurilgan.
Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha biologik tozalash tizimlari o‘rnatildi. Endilikda yana 13 ta maktabda shunday tizim yaratilishi rejalashtirilgan.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Vobkent tumanidagi 8-umumta’lim maktabida tashkil etilgan seminarda ushbu maktab direktorlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga fond mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan "Ichimlik suvi va oqova suv tozalash tizimlari"ni qurish ob’ektlarini ishlash prinsipini uzluksiz tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilib, tizimdan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI
EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩“Buxoro viloyati hokimi” sovrini uchun tashkil etilgan fan olimpiadasining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 16-17-may kunlari “Buxoro viloyati hokimi” sovrini uchun viloyat umumta’lim muassasalarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida biologiya fanidan tashkil etilgan olimpiadaning dastlabki bosqichi o‘tkazilib, unda yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 50 nafar o‘quvchi olimpiadaning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Bugun, 22-may kuni Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabida Biologiya olimpiadasining 2-bosqichiga start berildi.

Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hidoyat Rahmonova barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

2-bosqich natijalariga ko‘ra, 1-2-3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatida farzandini o'qitish istagida bo'lgan aziz ota-onalari diqqatiga!
🏫 BUXORO SHAHRIDAGI 2-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI iqtidorli o'quvchi-yoshlarni 2024-2025-o'quv yilidan o'qishga chorlaydi!

🪪 Aniq va tabiiy fanlarni o'qitishga ixtisoslashtirilgan mazkur o'quv dargohida Siz IELTS, CEFR, TOPIC, SAT va "Umumta'lim fanini bilish to'g'risida" milliy va xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritib, TOP 1000 va Respublikamizdagi nufuzli universitetlarning grant dasturlariga qatnashish imkoniyatiga ega bo'lasiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM