BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.18K subscribers
27.4K photos
2.52K videos
111 files
11.8K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🤩BUXORODA STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida STEM (matematika, fizika, kimуо, biologiya, science hamda informatika vа axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning agentlik bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🤩MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHILARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN OLIMPIADA GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Avval xabar berganimizdek, bugun 10-may kuni Buxoro viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida viloyatdagi matematika fani o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda olimpiadaning dastlabki bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro shahridagi 35-IDUM o‘qituvchisi Behruz Avezov eng yuqori ko‘rsatkich bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Olot tumanidagi 10-maktab o‘qituvchisi Doniyor Hamroyev 2-, Qorako‘l tumanidagi 42-maktab o‘qituvchisi Jahongir Jumayev faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩SHAXNOZA UMUMTA’LIM FANINI BILISH DARAJASINI ANIQLOVCHI IMTIHONDA 100 FOIZLIK NATIJANI QAYD ETDI

Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Shahnoza Bahromova haqida avval ham sahifalarimiz orqali yoritgan edik.

Adabiyotga, she’riyatga ixlosmand bu ijodkor qizning she’r va hikoyalari respublikamiz va xorijiy nashrlarda e’lon qilib kelinmoqda.

Bundan tashqari Shahnoza ikki yildan buyon fan olimpiadasining viloyat bosqichida ona tili va adabiyoti fanidan g‘oliblikni qo‘ldan boy bermay kelyapti.

Yaqinda u o‘zbek tili va adabiyoti fanini bilish darajasini aniqlovchi imtihonda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 100 foizlik natijani qayd etdi.

Shahnoza bu yutuqlarida ustozlari Durdona Axmedova,Dilafro‘z To‘xtayeva, Fotima va Zuhra Haitovalarning hissalari katta ekanligini alohida e’tirof etadi.

Kelajakda u ana shu ustozlari kabi yosh avlod qalbida jozibador ona tilimiz va adabiyotimizga muhabbat uyg‘otuvchi o‘qituvchi bo‘lishni maqsad qilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_21

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Buxoro
#2_kun

⚡️Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo‘yicha olimpiadaning test va laboratoriya mashg’uloti bo’lib o’tdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_22

VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩Buxoro viloyat prokurori U.Hamdamov va viloyat hokimi B.Zaripov tashabbusi bilan viloyatda matematika fanidan iqtidorli o‘qituvchilarni saralash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 bosqichli, onlayn hamda oflayn musobaqalar tashkil etildi.

Xalqaro Nordik universiteti, Toshkent shahridagi Qorako‘l ziyo o‘quv markazi (Intellektual rivojlanish markazi-IDC) bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu musobaqada Buxoro viloyatidagi 528 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 2 279 nafarga yaqin o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Viloyat bo‘yicha eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan 3 nafar o‘qituvchilar viloyat prokurori hamda viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan, shuningdek, 1-o‘rinni qo‘lgan kiritgan o‘qituvchi qo‘shimcha ravishda Finlyandiyaga tajriba almashish uchun borishga yo‘llanma bilan taqdirlandilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM