BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
17.7K subscribers
29.3K photos
2.69K videos
145 files
12.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️Hurmatli vatandoshlar,
⚡️Qadrli pedagoglar!

9-may nafaqat fashizm ustidan g'alaba qozonilgan kun, balki millatimiz ikkinchi jahon urushida ko'rgan aziyatlardan ibrat olib, tinchlikning qadriga yetishimiz lozimligini anglatuvchi ulug' bir ayyom!

Xotira - o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr - insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi.

Shunday ozod va obod kunlar uchun kurashgan, jonini fido qilgan ajdodlarimizning ruhlari shod bo‘lsin!

Bugun yonimizda umrguzaronlik qilayotgan nuroniylarimiz, yaqinlarimizning qadrlari hamisha baland bo‘lsin!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

🤩Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan viloyatning  asosiy tantanali tadbirlari Buxoro tumani markazidagi Xotira xiyobonida o‘tkazildi

🔹Buxoro viloyati hokimi, viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbari Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqarmalari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, ta’lim muassasalari va yoshlar jamoalari harbiy orkestr sadolari ostida xiyobonda joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi.

🔹Marosimda Buxoro viloyati maktabgacha maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2024
#jarayon

🤩Buxoro viloyatida o‘tayotgan attestatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

10-13-may kuni pedagoglar fransuz, ingliz, nemis, koreys hamda qozoq tili va adabiyoti fanlari yo‘nalishi bo‘yicha malaka test sinovlarida ishtirok etishadi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men С1 darajadagi milliy sertifikatga ega ingliz tili fani oʻqituvchisiman. Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtyapman. Belgilangan tartibga koʻra, sertifikatga ega oʻqituvchilarga 80 ball qoʻshib berilar ekan, shu toʻgʻrimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga koʻra:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining kamida С1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

❗️MUHIM!

🔹 Bu oʻrinda eʼtibor berish kerakki, bu imtiyoz faqat navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etayotgan chet tili fani oʻqituvchilariga tegishli.

👉 Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashayotgan chet tili fani oʻqituvchilari umumiy talablar asosida, barcha test sinovlarini topshiradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🤩Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining uzluksiz bilimlarini oshirish dasturi loyihasi doirasida birinchi bosqich test jarayonlari tashkil etildi

🔹Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim maktablari fransuz tili fani o‘qituvchilarining uzluksiz bilimlarini oshirish loyihasining ikki yilga mo‘ljallangan dasturning birinchi bosqichi doirasida Buxoro viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur jarayonga viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan 216 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_paytda
🤩MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHILARI O‘RTASIDA FAN OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TMOQDA

Buxoro viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida viloyatdagi matematika fani bo‘yicha ilg‘or pedagoglarni aniqlash, kasbiy mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur olimpiadaning onlayn tarzda o‘tgan dastlabki bosqichida 1376 nafar o‘qituvchi ishtirok etib, 616 nafar ishtirokchi musobaqa natijalarini belgilangan vaqtda yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

Ishtirokchilardan 48 nafari 50 dan yuqori ball to‘plab, musobaqaning ikkinchi bosqichiga tavsiya etildi.

🔹Eslatma: Ushbu bosqichda 1-, 2 va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarni zamonaviy planshet va smartfonlar kutmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM