BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
47.3K subscribers
30.7K photos
2.82K videos
170 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Attestatsiya_2024
#beshinchi_kun
#jarayon
✳️Buxoroda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizg'in davom etmoqda

🔹Bugun kungi test sinovlarida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Республикамиздаги барча умумтаълим мактаблари ўқувчи ёшлари диққатига!

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 26 апрелдаги 212-сон қарорига асосан ҳар йили "Яшил чироқ" мусобақаси 4 босқичда бўлиб ўтади.

1-босқич таълим муассасаларида ҳар йили февраль-март ойларида ўтказилади. Мазкур босқичда мусобақа синфлараро йўл ҳаракати қоидалари бўйича ўтказилади ва йўл ҳаракати қоидаларини яхши ўзлаштирган ўқувчилардан «яшил чироқ» гуруҳлари тузилади. Бу гуруҳга 11 — 14 ёшли 5 — 8-синф ўқувчилари қабул қилинади;

2-босқич (маҳаллий босқич) ҳар йили март-апрель ойларида туман (шаҳар) доирасида ўтказилади;

3-босқич (ҳудудий босқич) Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри доирасида туман (шаҳар) ғолиблари иштирокида ҳар йили май ойида ўтказилади;

4-босқич (республика босқичи) ҳар йили июнь-июль ойларида учинчи босқичда 1-ўринни эгаллаган гуруҳлар иштирокида ўтказилади.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2024
#jarayonlar
#ishtirokchilar_fikri

✳️Buxoroda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizg'in davom etmoqda (videolavha👆)


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
✳️Buxoroda "Prokuror sovrini" uchun matematika fanidan o‘tkazilgan onlayn musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlandilar

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-04-19

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
📣 Xalqaro iqtisod va Xalqaro geografiya olimpiadalariga saralashning yakuniy bosqichiga start berildi.

Joriy yil fevral oyida o‘tkazilgan saralash bosqichi natijalariga ko‘ra fanlar kesimida har bir hududdan eng yuqori natijani qayd etgan jami 42 nafardan 9-11-sinf o‘quvchilari yakuniy bosqichda ishtirok etmoqda.

Iqtisod va geografiya fanlaridan o‘tkazilayotgan saralash olimpiadasi 2 bosqichda tashkil qilinadi.


Birinchi kun har ikkala fandan ochiq va yopiq tarzda tayorlangan test topshiriqlari o‘quvchilarga taqdim qilinadi. Iqtisod fani bo‘yicha 90 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 50 bal bilan, geografiya fanidan 120 daqiqa vaqt ajratiladi, maksimal 70 ball bilan baholanadi.

Ikkinchi kuni iqtisod fanidan birinchi kuni eng yuqori natija qayd etgan 10 nafar o‘quvchilar hakamlar tomonidan taqdim qilingan mavzuda 45 daqiqada taqdimot tayorlash talab etiladi va bu 25 bal bilan baholanadi hamda taqdimot ballariga birinchi kunning ballari qo‘shiladi. Jami 75 ball.

Geografiya fani bo‘yicha ikkinchi kuni ishtirokchilarga 6 ta topshiriq taqdim qilinib, 90 daqiqa vaqt ajratiladi hamda maksimal 30 bal bilan baholanadi. Jami 100 ball.


Mazkur bosqich natijalariga ko‘ra, 5 nafar o‘quvchi joriy yil 22-30-iyul kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan Xalqaro iqtisod olimpiadasiga, 4 nafar o‘quvchi 19-24-avgust kunlari Irlandiyada o‘tkaziladigan xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etadi.

✔️Eslatib o‘tamiz, geografiya fani bo‘yicha xalqaro olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi ilk marta qatnashadi, iqtisod fani bo‘yicha 2019-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bayonot_5

VIDEOBAYONOT:
Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash
#Lider_oʻqituvchilar

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblari Koreya davlatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Akademik, O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov hamda ustozlar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu olimpida fizika, biologiya va informatika fanlaridan o'tkazildi.


🧲 Fizika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shirin Baratov - Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Saidjon Xamroqulov - Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Orifxon Vaqqosov - Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni egalladi.

🔬Biologiya fanidan olimpiada natijalari:

🥇Abdimannon Rashidov - Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Sadoqat Qo‘chqorova - Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Albina Aliyeva - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⌨️ Informatika fanidan olimpiada natijalari:

🥇Shoxrux Sadullayev - Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 1-o‘rin;
🥈Davron Avlakulov - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi 2-o‘rin;
🥉Askar Aldebayev - Ellikqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️ Shuningdek, har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchi ushbu fanlarning Fan kengashi a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Qolaversa, "Lider o‘qituvchilar" olimpiadasining matematika, kimyo, fizika, biologiya va informatika fanlaridan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar Koreya davlatiga ta'lim sayohati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM