BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
40.2K subscribers
31.8K photos
2.93K videos
176 files
13.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
DIQQAT!

Siz muddatidan oldin talaba bo‘lmoqchimisiz? Buxoro davlat pedagogika institutida imtiyoz asosida o‘qishni istaysizmi?

UNDA BU AYNAN SIZ UCHUN JUDA QULAY IMKONYAT!

Buxoro davlat pedagogika instituti viloyatdagi umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman(shahar)-viloyat-oliy ta’lim muassasasi) kimyo,biologiya va fizika fan olimpiadasini e’lon qiladi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichida 1-2-3 o'rinlarni egallagan o'quvchilar to'lov shartnoma asosida Buxoro davlat pedogogika institutiga imtihonsiz qabul qilinadi. Izoh:To'lov shartnoma #BuxDPI hisobidan to'lab beriladi.

Olimpiadada
BuxDPIda o‘qish istagi bo‘lgan barcha bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.Olimpiada tili o'zbek tili.

Olimpiadaga ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi sayt orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.olimpiada.buxdpi.uz

🎯Qabul jarayonlari 2024-yil 20-aprel kuniga qadar davom etadi
Olimpiada kunlari va joyi qabul jarayonlari tugagandan so'ng elon qilinadi.
#tanlov
✳️“SOZIMDA VA SO‘ZIMDA VATAN!”

🟣Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi umumta’lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “So‘zimda va sozimda Vatan” ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi.

🟢O‘quvchi-yoshlarda Vatanni sevish, uni asrab-avaylash, Vatan timsolida o‘z uyi, oilasini, el-u yurtini qadrlashga o‘rgatish, shuningdek iqtidorli o'quvchilarni tanlash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur 3 bosqichli tanlovda ishtirokchilar Vatan madhiga bag‘ishlangan she’r yoki qo‘shiq ijrolari bilan ishtirok etishlari mumkin.

🟣Tanlovning dastlabki maktab bosqichi joriy yilning 25-30-mart kunlari, shahar va tuman bosqichlari 1-10-aprel kunlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning yakunlovchi -viloyat bosqichini 15-20-aprel kunlari o‘tkazish rejalashtirilan.

🔹Fotosuratlarda tanlovning Kogon shahar bosqichidan lavhalar aks etgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Prezident_maktablari_lokomotiv

“BUXORO PREZIDENT MAKTABIDA SEMINAR-TRENINGLARGA START BERILDI”

📌Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Buxoro shahridagi Prezident maktab adminstratsiya xodimlari, STEAM fanlari o’qituvchilari, to’garak rahbarlari o’z faoliyati bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab va umumta’lim maktab ustozlari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining dasturlari taqdimoti, o’qitish metodikasi, laboratoriya ishlari hamda maktab faoliyatini samarali tashkil qilishda ko’maklashish maqsadida oylik seminar-treninglarga start berdi.

📌Ushbu seminar-treninglarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali mos seminarni tanlab ro’yxatdan o’ting:
https://t.iss.one/BuxPmBot

📌JOYLAR CHEGARALANGAN!

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari;
Matematika fan o’qituvchilari;
Ingliz tili fan o’qituvchilari;
Tabiiy fan (science)o’qituvchilari;
Kompyuter ta’limi o’qituvchilari;
Maktab maslahatchilari;
Maktab psixologlari;
Yoshlarni harbiy vatanparvarlikka tayyorlash bo’yicha direktor o’rinbosarlari;
RoboART to’garagi.

Seminar-treninglar belgilangan sanalarda soat 10:00 hamda 14:00 da boshlanadi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

❇️9-aprel Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi barcha ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi Buxoro shahar Prezident maktabi hamda viloyatdagi barcha ixtioslashtirilgan maktablarda ham munosib tarzda nishonlanmoqda.

🔹Buyuk bobokalonimiz tavalludi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq darslar, shuningdek, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |