BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
46.5K subscribers
30.7K photos
2.84K videos
170 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#jarayon
✳️“TURON” MAKTAB TEATRI” TANLOVINING SHAHAR VA TUMAN BOSQICHLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

🟣Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida e’lon qilingan “Turon” maktab teatri” respublika tanlovining shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

🟢Tanlov jarayonida ishtirokchi jamoalar nizomda belgilangan 3 ta shart asosida o‘z imkoniyatlarini namoyish etishmoqda.

🟣Fotosuratlarda tanlovning Buxoro shahar va Vobkent tumani bosqichlaridan lavhalar aks etgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#jarayon
✳️“TURON” MAKTAB TEATRI” TANLOVINING GʻIJDUVON TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA

🟣Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida e’lon qilingan “Turon” maktab teatri” respublika tanlovining Gʻijduvon tuman bosqichi ham bo‘lib o‘tmoqda.

🟢Gʻijduvon tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘tayotgan mazkur tanlovda tumandagi 67 ta maktab jamoalari orasidan saralab olingan 6 ta maktab jamoalari o‘zaro bellashmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
📣 Hurmatli Abituriyentlar!
237-sonli Prezident qarori asosida Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida GRANTLAR asosida qabul boshlandi!

👇 Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ingliz, o‘zbek va rus tillarida kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tahsil oling:

▪️Agroiqtisodiyot;
▪️Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi;
▪️Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi;
▪️Agrologistika

🇬🇧 Universitet bitiruvchilari Buyuk Britaniya diplomini qo‘lga kiritish bilan birga chet elda o‘qish va malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Hujjatlaringizni https://admission.iau.uz/auth/check-user platformasi orqali onlayn topshiring va o’z Grant o’rningizni band qilishga shoshiling.

Hoziroq ro’yxatdan o’ting!

Batafsil ma’lumot uchun:

☎️ 99 981 09 19
🌏 www.iau.uz
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bolalar_kutubxonasida
✳️"Ertak qahramonlari - bolalar ijodida” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

📚 Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan 2-aprel - "Xalqaro bolalar kitoblari kuni" munosabati bilan umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida "Ertak qahramonlari - bolalar ijodida” rasmlar tanlovi tashkil etildi.

🔰Tanlovda Buxoro shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etib, o‘zlari sevgan ertak qahramonlarini qog‘ozda gavdalantirishga harakat qilishdi.

📚Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ijodiy ishlari baholanib, g‘oliblar munosib tarzda taqdirlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |