BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.2K subscribers
27.3K photos
2.51K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Yashil_makon
🍀MAKTAB BOGʻIGA 55 TUP MEVALI DARAXT KO‘CHATLARI O‘TQAZILDI

☘️“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Gʻijduvon tumanidagi 24-umumta’lim maktabi bog‘iga 55 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-25

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Live
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashabbusli_budjet
❇️QOROVULBOZORDAGI 1-MAKTABNING YANGILANGAN 430 O‘RINLI O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🔹“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023- yilgi ikkinchi mavsumi natijalariga ko‘ra, aynan ushbu maktabning boshlang‘ich sinflar tahsil olayotgan binosini kapital ta’mirlash bo‘yicha kiritgan taklifi ta’lim dargohi jamoasining faolligi evaziga g‘olib deb topilgan edi.

🔹Shunga ko‘ra, 430 o‘rinli mazkur boshlang‘ich sinflar o‘quv binosi o‘tgan oylarda kapital ta’mirdan chiqarildi.
Jumladan, binoning tom qismi profnastil, ya’ni tunuka shifer bilan qoplandi. Elektr ta’minotida allaqachon yaroqsiz holga kelgan kabellar yangisiga almashtirilib, xonalardagi chiroqlar soni ko‘paytirilgan. Bundan tashqari, binoning ichki va tashqi devor qismi suvoqdan chiqarilib, pardozlash ishlari olib borildi.

🔹Navro‘z bayrami arafasida ozgacha ko’rk va zamonaviy ko’rinishga ega bo’lgan yangi bino foydalanishga topshirildi.

Telegram | Facebook |
#Yashil_makon
🌳BOSHQARMA XODIMLARI “YANGI O‘ZBEKISTON BOGʻI” GA KO‘CHAT O‘TQAZISHDI

🍀Buxoro tumanining Buxoro shahriga yondosh “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 40 gektarda maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ni barpo etilib, bunda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

☘️Bugun, 25-mart kunidan mazkur bog‘ hududida ommaviy daraxt ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

☘️Ushbu xayrli ishda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi

DIQQAT VIKTORINA‼️

❇️"TA'TILDA KITOB BILAN"

💠Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan bahorgi ta’til davrida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Hamza Hakimzoda Niyoziy tavalludining 135 yilligi munosabati bilan "Men sevgan adib asarlari bilmdoni" online savol-javob viktorinasi o‘tkaziladi.

🗓Viktorina 2024-yil 26-27-28-mart kunlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

📖Tanlovda har kuni soat 14.00da kitobxonlarga 3 ta savol beriladi.

📌Savollarga  birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchi kun g'olibi bo'ladi. 

🔰Viktorina Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasining telegramdagi https://t.iss.one/buxorovbk kanalida onlayn  o‘tkaziladi.

Tanlov ishtirokchisi  
https://t.iss.one/buxorovbk kanaliga a'zo bo'lishi shart

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

|Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|Web site|
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi

📚"BIR HAFTADA BIR KITOB O'QISH" ONLAYN AKSIYADA FAOL ISHTIROK ETING!!!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini e’lon qilingan.

📝 Aksiyada viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan QR-kodlar yordamida elektron kitoblar ro‘yxati maktab o‘quvchilari yosh toifasi (1-4-sinf; 5-9-sinf; 10-11-sinflar kesimida) inobatga olingan holda shaklantirildi.

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

|Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|Web site|
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
#Islohotlar_natijasi

‼️Respublika bo'ylab yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari ochilmoqda

🏢Respublika bo‘ylab mart, aprel, may oylarida ochilishi rejalashtirilgan MTTlar haqida ma'lumot.

1️⃣Qoraqalpog'iston Respublikasida aprel-may oylarida 10 ta MTT;

2️⃣Samarqand viloyatida mart, aprel, may oylarida 6 ta MTT;

3️⃣Xorazm viloyatida aprel oyida 1 ta MTT;

4️⃣Sirdaryo viloyatida aprel oyida 1 ta MTT;

5️⃣Toshkent viloyatida mart, aprel, may oylarida 11 ta MTT;

6️⃣Buxoro viloyatida mart, aprel, may oylarida 8 ta MTT;

7️⃣Surxondaryo viloyatida mart, aprel, may oylarida 5 ta MTTlar ochilishi rejalashtirilgan.

📲Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Raqamli_avlod_qizlari
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHILAR HAMTADBIRDA FAOL ISHTIROK ETISHMOQDA

🔹Xabar berganimizdek, bugun, 25-mart kunidan “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanloviga start berildi.

🔹29-mart kuniga qadar davom etadigan mazkur tanlov an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkazilib, unda barcha viloyatlardan iqtidorli qizlar belgilangan yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

🔹Tanlovda buxorolik o‘quvchilar ham faol ishtirok etishmoqda.

⚡️Eslatma: “Raqamli avlod qizlari-2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#maktabgacha_talim

❇️Buxoro shahridagi 85-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarni va Vatanga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirish, bugungi kunda respublika hududlarining urf-odatlari va milliy an’analarini asrab-avaylash hamda ularni targ‘ib etish” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

🔹Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida erta yoshdan boshlab bolalar ongiga milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizni singdirib borish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda shahar va tumanlardan kelgan DMTT tarbiyachi-metodistlari ishtirok etdilar.

🔹Seminar davomida milliy qadriyatlar va an’analar bilan mujassamlashgan DMTT dasturi asosida 5 ta faoliyat markazlarida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bunda ishtirokchilar hamkasblarining ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashish va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |