BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
44.7K subscribers
31.1K photos
2.87K videos
172 files
13.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Эълон
#Вазир_жамғармаси

Diqqat, e’lon!


⚡️ Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

🔴 Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.


👉Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

❗️Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆
🙃Acharya Universitetida 15,16-mart kunlari maktab o’quvchilari o’rtasida Matematika, Shaxmat o’yini va Spelling Bee yo'nalishlaridan olimpiada o’tkazildi.

📚Matematika fanidan bo’lib o’tgan musobaqada 9-10-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Unga ko’ra o’tkazilgan musobaqada quyidagi o’quvchilar fahrli o’rinlarni egallashdi:
 9️⃣sinflar:
1. Qalandarov Ismoil, Qorako'l tumani, 34-maktab;
2. Hakimov Xondamir, Qorako'l tumani, 8-maktab;
3. Sanoqulov Asadbek, Qorako'l tumani, 8-maktab.
 
1️⃣0️⃣sinflar:
1. Normurotov Nurmuhammad, Qorako'l tumani, 43-maktab;
2. Azimov Jahongir, Qorako'l tumani, 8-maktab;
3. Zokirov Ulug’bek, Qorako'l tumani, 12-maktab.
 
1️⃣1️⃣sinflar:
1. Faxriddinov Shamshod, Qorako'l tumani,34-maktab;
2. Aloviddinov Ozodbek, Qorako'l tumani, 8-maktab;
3. Sherqulov Dilshod, Qorako'l tumani, 34-maktab.
 
Shaxmat musobaqasidan quyidagi o’quvchilar fahrli o’rinlarni egallashdi:
1. Normurodov Dilshodbek, Qorako'l tumani, 1-maktab;
2. Ravshanov Bekzodbek, Qorako'l tumani, 15-maktab;
3. Muxiddinov Behruz, Qorako'l tumani, 12-maktab;
4.Norboyev Ozodbek, Qorako'l tumani, 39-maktab.

🐝 Spelling Bee tanlovi g'oliblari esa:
1. Ismatova Lobar, Olot tumani, 33-maktab;
2. Hakimov Xondamir, Qorako'l tumani, 8-maktab;
3. Pulatov Alisher, Qorako'l tumani, 34-maktab.

🥇G’olib bo’lgan o’quvchilarni tabriklaymiz va Universitet bilan aloqaga chiqishlarini so’raymiz! 🏆

☎️ +998-55-301-00-09

❤️‍🔥 Telegram |📷Instagram |
❤️‍🔥 Facebook | 💬Website |
🎰LinkedIn | 🎬 You Tube
✳️NAVRO‘Z BAYRAMI ARAFASIDA JIGʻACHIDA YANGI BOGʻCHA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🌈Qorako‘l tumanidagi Jig‘achi mahallasida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining qurib foydalanishga topshirilgani mahalla ahli uchun Navro‘z bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.

🌈Mahalla hududidagi sobiq 30-maktabning bo‘sh turgan binolari negizida qariyb 7 milliard so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlangan 220 o‘rinli ushbu muassasaning ko‘rkam qiyofasi ko‘zni quvontiradi.

🌈 Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi o‘quv xonalaridan tashqari tibbiyot xonasi, oshxona va yotoqxonalar bolajonlar uchun xizmat qilishga shay holatga keltirilgan.

🌈E’tiborlisi, ushbu muassasaning ishga tushishi bilan mahalla hududida bog‘cha yoshidagi bolalarning qamrov darajasi 100 foizga yetkazildi.
Muassasaning tantanali ochilish marosimi chinakam bayramga aylandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#hashar
🌿"Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki"


🍃Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo`lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan–umumxalq hashari Navro’z umumxalq bayrami oldidan yurtimizda ko’tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

🍃16-18-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida o'tkazilgan umumxalq xayriya hashari Shofirkon tumanida ham daraxtlarni oqlash, ochiq maydonlarni tozalash, obodonlashtirish ishlari orqali o'tkazilmoqda.

🍃Shu munosabat bilan viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi hamda tuman hokimligi hamkorligida 12-umumta'lim maktabida "Onalar bog'i" tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |