BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Ayni_paytda
❇️Buxoroda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlariga start berildi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❇️BUXORODA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASIGA DA’VOGAR PEDAGOGLARNING SARALASH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

🔹Buxoroda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

🔹Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazining Buxoro viloyatidagi ma’muriy binosida bo‘lib o‘tgan mazkur sinovlarda 308 nafar da’vogar pedagoglar ishtirok etib, umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🔹Natijalarga ko‘ra, test jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar saralash imtihonlarining ikkinchi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun:
Sinovlarda eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍1
#эътироф
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI “YOSH KITOBXON” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHIDA FAXRLI 3-O‘RINNI QO‘LGA KIRITDI

📚Halima Sharopova Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabining 8-sinfida tahsil oladi. Bolaligidan adabiyotga, mutolaaga ishtiyoqmand bo‘lgan bu iqtidorli qizning hozirga qadar o‘qigan kitoblari uch yuztaga yetib qoldi.

📚Hali o‘qishni bilmagan 5-6 yoshlarida jajji qizaloqqa onasi turli ertak kitoblar o‘qib berar, u esa jon qulog‘i bilan berilib tinglardi.

📚-Birinchi sinfda Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini o‘qib berganman. Shundan keyin o‘zi kitob tanlab, o‘qiy boshladi,-deydi onasi Ruxshona Sharopova.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-19

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekiston24
#navqiron_avlod
❇️MAKTAB PARTASIDANOQ MING DOLLARGACHA DAROMAD TOPAYOTGAN O‘QUVCHI

🔹Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Amirbek Safarov IT sohasiga bo‘lgan qiziqishi sabab darsdan bo‘sh paytlari frilanserlik bilan shug‘ullanadi.

🔹Ayni paytda uning bir oylik daromadi 800-1000 dollarni tashkil etmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

📍Ustoz va shogird maktablarda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

⚡️Ta’limga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#xalqaro_hamkorlik
❇️BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMDA ACHARYA UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlarni chet tili va zamonaviy kasblarga nisbatan qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish va kelajakda yetuk kadrlar bo‘lishiga ko‘maklashish, pedagog xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Qorako‘l tumanidagi Acharya universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaytirilmoqda.

🔹Bugun, 19-fevral kuni Acharya universiteti rektori bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida imzolangan memorandum ushbu hamkorlikning mustahkam asosi bo‘ldi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-19-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2
🔰Барча воқеалардан биринчилардан хабардор бўлишни истайсизми?

📍Сизни Бухорода бўлаётган воқеалар қизиқтирадими?

📌Муҳим хабарлар, тайинловлар, расмий маълумотлар ва эълонлардан ўз вақтида хабардор бўлиб бориш учун Бухоро вилояти ҳокимлигининг расмий
Telegram каналига уланишни тавсия қиламиз!

уланиш учун: https://t.iss.one/buxorouz_official ҳаволага киринг.
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
❇️Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Buxoro innovatsiyalar universiteti hamkorligida maktab psixologlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❇️Sobiq bitiruvchilar o‘zlari o‘qigan maktab binosining ichki va tashqi qismlarini ta’mirlash tashabbusi bilan chiqishdi

🔹Qorako‘l tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sobiq o‘quvchilari o‘zlari o‘qigan maktabning ta’mirga muhtoj qismlarini ta’mirlashga bosh-qosh bo‘lish tashabbusi bilan chiqishdi.

🔹Ular tomonidan homiylik sifatida berilgan 50 million so‘m mablag‘ hisobiga maktab binosining ichki va tashqi qismlari, jumladan, faollar zali, hojatxonalar hamda maktab hovlisidagi favvorani ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

🔹Ma’lumot o‘rnida: 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1926 yilda tashkil topgan bo‘lib, 1176 o‘quvchi o‘rniga ega.

🔹Ayni vaqtda mazkur maktabda 16 nafar oliy, 34 nafar birinchi va 16 nafar ikkinchi toifali o‘qituvchilar yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍2