BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14K subscribers
28.2K photos
2.6K videos
132 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#topshiriq_va_ijro
❇️MAKTABLARDA OLIB BORILAYOTGAN TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARI TAHLIL QILINDI

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov boshchiligida viloyat maktablarida o‘quvchilarning darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiya jarayonlarida ota-onalar va mahalla hamkorligini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlarga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Unda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari va barcha maktab direktorlari ishtirok etdilar.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-11-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko'ra, ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 340 ming so'mdan 1 mln 700 ming so'mgacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishiga ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to'sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_27

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

⚡️
Bugungi audiobayonotimizda:

00:08 Men navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun to‘lov qilib ariza yubordim. Lekin yaqinda tug‘ruq ta’tiliga ketishim munosabati bilan ushbu sinovda qatnasholmayman. To‘lagan pulimni qanday qaytarib olsam bo‘ladi?

01:20 Ommalashtirish platformasi qachon ishlaydi?

02:30 О‘quvchilari turli fan olimpiadalarida yuqori o‘rin olgan o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa berilar ekan. Shu to‘g‘rimi, yana kimlar bu imtiyozga ega?

03:27 Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari qay tartibda attestatsiyadan o‘tadi? Sinovlar amaliy bo‘ladimi yoki nazariymi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

📣 DIQQAT, E'LON!

Hurmatli pedagoglar!

Xorijiy tillarni o'qitishni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflaringiz bormi?


Siz ingliz, fransuz, nemis, koreys, xitoy va yapon tillaridan pedagogika yoki filologiya bo’yicha oliy ma'lumotga yoki ilmiy darajaga egamisiz?
Tegishli tilni o'rgatishda kamida 3 yillik uzluksiz amaliy faoliyat hamda til bilish bo'yicha C1 darajadagi sertifikatingiz bormi?

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Sizni sohani yanada rivojlantirish uchun aniq taklif hamda mexanizmlarni ishlab chiqish yuzasidan hamkorlikka taklif etadi!

⚡️Bunda Siz ilg'or tajriba hamda takliflaringiz bilan:

🔹 yurtimizda xorijiy tillarni o'qitish sifatini yanada oshirish
;
🔹sohadagi yangiliklarni ta'lim jarayoniga joriy etishga
hissa qo'shishingiz mumkin.

👉 Taklif va mulohazalaringizni joriy yilning 1-mart kuniga qadar [email protected] e-mail manziliga yuboring.

❗️Qo’shimcha savollaringizga ham yuqoridagi e-mail manziliga murojaat qilib, javob olishingiz mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❇️VILOYATDAGI BARCHA MAKTABLARDA O‘QUV HAFTASINING ILK KUNI TONGGI SAFLANISH BILAN BOSHLANDI

🔹Bu tadbir yangi hafta boshlanishi oldidan o‘quvchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish, ularni yanada ruhlantirish, qalblarida vatanparvarlik va kelajakka ishonch tuyg‘usini kuchaytirish maqsadini o‘zida mujassam etgan.

🔹Bugun, 12-fevral kuni ham maktablarda o‘quv kuni ana shunday tadbirlar bilan boshlandi.

🔹 Dastlab qalblarga g‘urur baxsh etuvchi Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi. Shundan so‘ng o‘quvchilar yangiliklar bilan tanishtirildi. Yakunlangan hafta davomida yutuqlarga erishgan o‘quvchilar munosib e’tirof etilib, yangi haftada barchaga omad tilandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❇️MAKTABDAGI "BULLING"DA PEDAGOGLAR UCHUN MASLAHATLAR

👉Batafsil

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Сўраган_эдингиз

Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko'ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

❗️Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
‼️Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish boshlandi !

❗️Низомнинг 8-10-бандларида: Ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.

📍Joriy yilning yanvar oyida belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib qator o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalari berildi hamda ularga "Pedagog kadrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Sertifikatlar rasmiylashtirildi.

📍Mazkur o‘qituvchilar o‘z Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin!

‼️Malaka toifalari olgan pedagoglarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

❇️Buxoro shahridagi 19-umumta'lim maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va vatan himoyasidеk sharafli kasbga qiziqishini orttirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |