BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.18K subscribers
27.4K photos
2.52K videos
111 files
11.8K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Buxoro_tajribasi
❇️MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI ORASIDA O‘ZARO UZVIYLIKNI TA’MINLASHNING SAMARALI YECHIMI

🔹 Ayni paytda viloyatda 6 yoshli bolalar soni 37 231 nafarni tashkil etib, ularning 34 769 (93.4 foiz) nafari maktabga tayyorlov jarayoniga qamrab olingan. Qamrab olingan bolalarning 3 155 nafari qisqa muddatli guruhlarda, 6 953 nafari boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarida, 24 648 nafari esa to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarida ta’lim olishmoqda.

🔹E'tirof etish joizki, bunda maktablarning bo‘sh turgan binolarida maktabgacha va maktab ta’limi hamkorligida tashkil etilayotgan majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlarining ulushi tobora ortib bormoqda.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-01-3

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Menejerlik_sertifikati

Menejerlik o‘quv kurslarining dastlabki mashg‘ulotlariga start berildi

Bugun poytaxtimizda umumta'lim maktablari direktorligiga nomzodlar uchun "Menejerlik o'quv kurslari" ni boshlash munosabati bilan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

✔️Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ushbu o‘quv dasturlarining ahamiyati, uning soha rivojidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tdi va o‘z tavsiyalarini ulashdi.

🔗 Ma’lumot uchun: o‘quv kurslari davomida nomzodlar ta’lim menejmenti, ta’lim muassasasini rivojlantirish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlashga doir qator modullar asosida o‘qitiladi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1463

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram