BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.18K subscribers
27.4K photos
2.52K videos
111 files
11.8K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.

👨‍👧‍👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.

👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.

❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Photo
❇️Yangi yil arafasida Qorako‘lda yana bitta maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

🔹 "Eski qal’a" mahallasida bo‘sh turgan bino negizida zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan 46-DMTTning yangicha qiyofasi ko‘zni quvontiradi.

🔹Quvvati 180 o‘rinli ushbu muassasa xonalari milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi o‘quv-metodik jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari tibbiyot xonasi, oshxona va yotoqxonalar bolajonlar uchun xizmat qilishga shay holatga keltirilgan.

🔹Tadbir davomida qorbobo va qorqiz singari ertak qahramonlari tomonidan ulashilgan bayram sovg‘alar bolajonlarga chinakam bayram kayfiyatini tuhfa etdi.

🔹E’tiborlisi, ushbu muassasaning ishga tushishi bilan tumanda bog‘cha yoshidagi bolalarning qamrov darajasi 83 foizga yetkazildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Sarhisob_2023
❇️MAKTAB TA’LIMI TIZIMIDA XALQARO HAMKORLIK

🔹Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sifatini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, yangi zamonaviy ta’lim metodikalarni joriy etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

🔹Bu borada Buxoro viloyatida ham samarali ishlar olib borilib, maktablarga xorijlik o‘qituvchilarni jalb etish, xorijiy oliygohlar, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish orqali o‘qituvchilar salohiyati va o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga erishildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-30

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
⚡️Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda:

malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda –– pedagogik mahorati baholanadi;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux QURBONOVning Yangi yil bayrami tabrigi

👉
Tabriknoma

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri