BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
37.7K subscribers
30K photos
2.75K videos
156 files
12.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️BUXORO SHAHRIDAGI "NURLI MASKAN"NING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
❇️Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv shakli bo‘lgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening tadbiri bo’lib o’tmoqda.

🔹Unda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi "Direktorlar kengashi" a’zolari ham faol ishtirok etishmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Таълим_ислоҳоти
#Direktorlar_kengashi

Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.

Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:

Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.

Bu yo’ldagi ishlarimizdan yana biri sifatida endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.

❗️Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.

Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.

Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin, bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.

👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
“Direktorlar kengashi” qanday tuzilma?

❗️“Direktorlar kengashi” tarkibi joylardagi eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat.

Kengash umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tavsiya beruvchi maslahat organi hisoblanadi.

U o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida yuritadi, oshkoralik, kollegiallik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik tamoyillariga amal qiladi va Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdor hisoblanadi. Kengash tarkibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

“Direktorlar kengashi” tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtidorlarni_kashf_etamiz
❇️MAKTAB TO‘GARAGIDA YARATILAYOTGAN IXTIROLAR

🔹Qorovulbozordagi 5-umumta’lim maktabi tuman markazidan 30 kilometr uzoqlikdagi “Jarqoq” mahallasi hududida joylashgan. Ayni paytda ushbu ilm maskanida 300 nafarga yaqin o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda.

🔹Garchand olis va chekka huddudda joylashgan bo‘lsa-da, ushbu ta’lim muassasasida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va iqtidorlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🔹Maktabda tashkil etilgan “Yosh fiziklar” to‘garagi a’zolarining bir-biridan ajoyib ixtirolarini ko‘rib, bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-15-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |