BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
18K subscribers
35.4K photos
3.24K videos
181 files
14.4K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
🏆ISTE'DODLI YOSHLARIMIZDAN NAVBATDAGI G'ALABA🏆

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunining 32 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘imiz - faxrimiz” challenge e’lon qilingan edi.

Chellengeda Buxoro viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabining ko'plab iqtidorli to'garak a'zolari faol ishtirok etishdi va yakuniy natijalarga ko'ra:

🎬 Madaniyat va san’at (Yosh kino - videohavaskor) yo‘nalishi bo'yicha
Romitan tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaragi aʼzosi Diyorbek Baxshullayev faxrli 3-o'rinni

🎨 Madaniyat va san’at (Tasviriy san’at) yo‘nalishi bo'yicha esa
Romitan tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaragi aʼzosi Shahlo Iskandarova faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
👍1
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Photo
✳️MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI HAMDA TOSHKENTDAGI BRITANIYA MENEJMENT UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

🔹Mazkur hamkorlik memorandumi buxorolik umumta’lim maktablari bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb etish va ularning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, shuningdek kam ta’minlangan oilalarning iqtidorli farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadini o‘zida mujassam etganligi bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi.

🔹Hamkorlik doirasida ayni paytda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni tayyorlash, malakasini oshirish va bu bilan ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

🔹Shuningdek, hamkorlikda maktablarda “Ochiq eshiklar kuni”, konferensiyalar, seminarlar, konsultatsiyalar, ko‘rgazmalar, taqdimotlar va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish, maxsus dasturlar bo‘yicha maqsadli kurslarni tashkil etish borasida ham kelishib olindi.

🔹Universitet rektori, professor Konrad Ozog bu hamkorlik har ikkala tomon uchun manfaatli ekanligi va samarali natija berishini alohida ta’kidladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
👍4
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
Forwarded from Rustam Karimjonov
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Bugun soat 15:00 da IT-sertifikatlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling!

📼 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilayotgan onlayn vebinarga qo‘shiling va Xalqaro IT-sertifikat olish va uning imtiyozlari haqida to‘liq ma’lumot va qo‘shimcha savollarga javob oling.

🪧Kun va vaqti: 22-noyabr, soat 15:00;
🗓Mavzu: Xalqaro IT-sertifikat nima, qanday imtiyoz va imkoniyatlar beradi?

⬇️ Quyidagi havolalar orqali jonli efirni kuzatib boring va savollaringizni izohlarda yozib qoldiring.

🎞 YouTube: https://www.youtube.com/@digitaluz/streams

🪟Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom

#Xalqaro_sertifikat #kompensatsiya #Coursera

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Таълим_саёҳати
#Angliya

Buyuk Britaniya: xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktablar o’quvchilarining ta’lim sayohati boshlandi


Ayni vaqtda “Xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktab” tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchilari ta’lim sayohati uchun Londonda bo’lib turishibdi.

Kunning birinchi qismida o’quvchilar Temza, Trafalgar maydoni, Bukingem saroyi, “Big Ben” va “Tower Bridge” kabi diqqatga sazovor joylarda bo’lishdi.

📍Sayohat davomida shuningdek Angliya ta’lim jarayonlari, jumladan, “Ardmor” til o‘qitish maktabi, Kembrij, Oksford universitetlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, Kembrij, London, Vinzor, Oksford shaharlari, Temza daryosi bo‘ylab sayohat qilish rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
❇️ASOSIY OLIMPIADANING III (VILOYAT) BOSQICHI 2-GURUH FANLARI YAQINLASHMOQDA

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
❇️Vobkent tumanidagi 1-MTTda "Mehrjon" bayrami o'tkazildi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |