BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
44.7K subscribers
31.1K photos
2.87K videos
172 files
13.1K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#viloyat_seminari
❇️ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH – MUHIM E’TIBOR TALAB ETADI

🔹Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi 23-maxsus maktab-internatida “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

🔹Unda umumta’lim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv sinf o‘qituvchilari, maxsus maktab-internatlari va ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar jarayonida inklyuziv ta’lim va uni joriy etish masalalari, inklyuziv sinflarda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar bilan ishlash, ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash mavzularini qamragan ma’ruzalar, treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Fan_olimpiadasi
#to'rtinchi_kun
❇️SINOVLAR Q'IZG'IN DAVOM ETMOQDA

🔹Ayni paytda Buxoro shahridagi 35-umumta'lim maktabida Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichI davom etmoqda.

🔹Bunda olimpiadaning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikngi qo‘lga kiritgan 355 nafar 10-sinf o'quvchilari kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fani bo‘yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

🔹Sinov jarayonlarini qo'yidagi havolalar orqali to'g'ridan to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin👇

👉https://youtube.com/live/Pj7seeqTHWs?feature=share

👉https://youtube.com/live/aLuHGmvrUQE?feature=share


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#jarayon
❇️BUXORO VILOYATINING BARCHA HUDUDLARIDA “USTOZ TA’LIM BUNYODKORI” SHIORI OSTIDA O‘QITUVCHILAR QURULTOYI BO‘LIB O‘TDI

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida kuzgi ta’til davrida o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvlar va uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan.

🔹Bugun Buxoro viloyatining ham barcha shahar va tumanlarida “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-11-07

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |