BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14.6K subscribers
28K photos
2.59K videos
130 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🎨 😊 Barchaga salom!
Siz bir marta bo‘lsa ham xalqaro tanlovda ishtirok etganmisiz?
Bu savolga "Ha!" deb javob berish uchun bir hafta vaqtimiz bor.
Barchangizga BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi — COP28 arafasida BAA Ta’lim vazirligi va YUNISЕF tomonidan tashkil etilgan "The Blue Dot" badiiy tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz.
Eng yaxshi 30 ta ish COP28 davomida namoyish etiladi.

Kim ishtirok etishi mumkin:
18 yoshga to‘lmagan barcha bolalar 🧑‍🎨

Ishtirok etish uchun:
🔹 Tasavvuringizga to‘liq erkinlik berib, yurtimizga mehringizni ifodalang. Ishingiz Orol dengizi, daryolar va iqlimning ularga ta’siri, mahalliy aholi turmushi, haqidagi qiziqarli hikoyani so‘zlab berishi kerak.
🔹 Ishingizni fotoapparat bilan RAW formatida 3840px x 2160px yuqori aniqlikda suratga oling 📸
🔹 Tanlovda ishtirok eta olishingiz uchun ota-onangiz yoki vasiyingizdan sahifasida ko‘rsatilgan ruxsatnoma shaklini imzolashlarini so‘rang 🏆
🔹 Ishlaringizni 2023 yil 30 oktyabr kuniga qadar [email protected] manziliga yo‘llang.
Omad!

🎨 😊 Всем привет!
Вы когда-нибудь принимали участие в международном конкурсе?
У нас есть целая неделя, чтобы ответить на этот вопрос «ДА!»
Предлагаем всем принять участие в художественном конкурсе «The Blue Dot», организованном в преддверии Конференции ООН по изменению климата COP-28 Министерством образования ОАЭ и ЮНИСЕФ.
30 лучших работ мы увидим на COP28.

Кто может участвовать:
Любой ребенок до 18 лет 🧑‍🎨

Как присоединиться:
🔹 Выразите свою любовь к нашему краю, давая полною свободу воображению. Ваша работа может рассказать историю об Аральском море, реках, влиянии изменения климата на них, жизни местного населения.
🔹 Сделайте фотографию своей работы в формате RAW с разрешением 3840px x 2160px 📸
🔹 Попросите своих родителей или опекунов подписать форму согласия, указанную на странице, чтобы вы могли принять участие в конкурсе 🏆
🔹 Отправьте свои работы на [email protected] до 30 октября 2023 года.
Удачи!

Zamin | Facebook | Instagram
💠Maktab o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilgan shaxmat musobaqasi yakuniga yetdi.

📨Yakuniy natijalarga ko'ra,

1-4 sinf o`g`il bolalar o'rtasidagi bahslarda
1-o'rinni Abdullayev Otabek,
2-o'rinni Dilmurodov Jahongir,
3-o'rinni Baxronov Abduraxmon;

🟪1-4 sinf qiz bolalar o'rtasidagi bellashuvlarda
1-o'rinni Botirova Musharraf
2-o'rinni Hazratova Ezoza
3-o'rinni Hakimova Donoxon qo'lga kiritdi.

🎱5-11 sinf o`g`il bolalar bellashuvlarida
1-o'rinni Karimov Shaxrombek,
2-o'rinni Maxsudov Sunnatbek,
3-o'rinni Rahmonov Nazar;

5-11 sinf qiz bolalar bahslarida
1-o'rinni Niyozova Jasmina
2-o'rinni To`xtayeva Zarina
3-o'rinni Ergasheva Ismigullar egalladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Yurist_maslahati

Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Malaka toifam ikkinchi. Bu yil sertifikatimning amal qilish muddati tugadi. Attestatsiya bo‘lmaganligi sababli toifaga topshira olmadim. Menga sertifikatim bo'yicha oylik ustama to'lashda davom etiladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-son Farmoning 3-bandiga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi (attestatsiya o‘tkazilmaydi);

2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizga yangi tartib joriy etilgunga qadar mavjud sertifikatingiz bo‘yicha ustama to‘lashda davom etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❇️ONA TILI VA ADABIYOTI FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN VEBINAR TASHKIL ETILDI

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan “Ona tili darslarida o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishning eng muhim jihatlari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

🔹Vebinarda viloyatdagi umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari jalb etildi. Unda o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar, kreativ fikrlashga o‘rgatishning samarali usullari, xususan, o‘quvchini ijodiy izlanishga, yangilik yaratishga, aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirishga undaydigan esse yozish jarayonlari xususida alohida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

🔹Vebinarda Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali, milliy sertifikatga ega ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Dilnavoz Nazarova trenerlik qildi.

Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#Besh_tashabbus

🔹Maktab o'quvchilari o'rtasidagi o'tgan shaxmat musobaqasining qiziqarli jarayonlaridan videolavha

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
#Besh_tashabbus

❇️Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus paralimpiadasi" ommaviy sport musobaqalarining hududiy saralash bosqichi yakunlandi.

🔹Bugun, 25-oktabr kuni Buxoro shahridagi 27-maxsus maktab-internatida "Quvnoq startlar" musobaqasi bo`lib o`tdi.

🔹Qizg`in va murosasiz kechgan bellashuvlar davomida har bir jamoa g`oliblik uchun astoydil kurash olib bordi.
Musobaqalar yakunida g`oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#OAV_biz_haqimizda

❇️Xalqaro adabiyot, san'at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasining Buxoro viloyatidagi ilk tadbiri viloyat Bolalar kutubxonasida bo'lib o'tdi

📚O'quvchi-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini oshirish, ularning bo'sh vaqtini samarali o'tkazish maqsadida viloyat Bolalar kutubxonasida yosh ijodkorlar hamda bir qator taniqli shoirlar bilan ijodiy uchrashuv o'tkazildi.

📌 Ilm va ijod bilan Vatan taraqqiyotiga xizmat qilish, hamkorlikni kuchaytirish va bu bilan xalqlar õrtasidagi õzaro dõstlik rishtalarini mustahkamlash,inson tafakkuri va tuyğusini ezgulikka yõnaltirish Akademiya faoliyatining eng asosiy maqsad ekanligi e'tirof etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |