BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
5.18K subscribers
27.4K photos
2.52K videos
111 files
11.8K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Fan_olimpiadasi
#Ikkinchi_kun
❇️ O‘QUVCHILAR XORIJIY TILLAR BO‘YICHA O‘Z BILIMLARINI SINOVDAN O‘TKAZISHMOQDA

🔹Asosiy fan olimpiadalarining shahar va tuman bosqichlari qizg'in davom etmoqda.

🔹Ingliz tili, nemis tili va fransuz tili fanlaridan o‘tayotgan bugungi sinovlarda 9-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishmoqda.

🔹Olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida sinov jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
🏆 Prezident maktabi diagnostika testi 🏆

Siz farzandingizni Prezident maktabida o'qish uchun tayyorlayapsizmi? Bizda siz uchun ajoyib taklif bor!

📚Akademik mahoratingizni namoyish eting va pul mukofotlarini yutib oling!

🎯 Test sinovida
Bolangizning bilim va ko'nikmalarini har tomonlama baholanadi.
Test jarayoni haqqoniy va shaffof holda o'tkaziladi.
Eng yaxshi natijalarga erishgan talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar!

⚠️TEST 3-4 sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan
⚠️Test boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin kelishingiz tavsiya qilinadi

📅 Sana: 21-Oktabr
🕒 Vaqt: 11.00
📍 Joy: SATURN LC

📢 Shoshiling! Joyingizni band qilish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting: @SaturnAdmin2

🌟 Eng zo'r ekanligingizni isbotlash va yirik g'alaba qozonish uchun imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

☎️88 851 7775

🪐
Telegram | Instagram🪐
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chellendj
#ONA_TILIM_FAXRIM_MENING

🔹21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan Kogon tumanidagi 4-umumta’lim maktabi pedagoglari ishtirokida tayyorlangan videorolik

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chellendj
#ONA_TILIM_FAXRIM_MENING

🔹21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan Romitan tumanidagi 18-DMTT pedagog xodimlari ishtirokida tayyorlangan videorolik

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Taqdirlash_marosimi

Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchilari aniqlandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbotayev, vazirlik mas'ullari va butun Respublikadan kelgan ona tili va adabiyot hamda ozbek tili ustozlari qatnashishdi.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur tanlov 3 bosqichda bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari (har bir o‘ringa 1 nafar ona tili va 1 nafar o‘zbek tili ustozlari) quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanishdi
:

🥇1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;
🥈2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
🥉3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

❗️Shuningdek, 2 nafar ustozga “Ijodkor Ustoz” va “Izlanuvchan Ustoz” nominatsiyalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#xushxabar
❇️BUXOROLIK O‘QITUVCHI “YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBI BO‘LDI

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi e’lon qilingan edi.

🔹Bugun, 18-oktyabr kuni mazkur tanlovning respublika bosqichi yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, Gʻijduvon tumanidagi 21-maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Laylo Karimova faxrli 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Сўровнома

📣📣 Hurmatli ustozlar!

Taʻlim sifatini oshirish bizning eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir. O'qituvchilarning qiziqishi, talabi va metodik ehtiyojini o'rganish va ularga zamonaviy metodik yordam ko'rsatish pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga va bu orqali o'qitish sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Shu maqsadga yo'naltirilgan soʻrovnomada ishtirok eting va sifatli ta'lim uchun oʻz hissangizni qo'shing!

👉 So’rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok eting.

❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Савол 72-(Савол ҳеч қандай таҳрирсиз эълон қилинмоқда):


Buxoro viloyatidanman 2020- yil 17- dekabrda Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari -Tarbiya fanidan (xuddi shunday yozilgan) oliy toifa sertifikatni oldim.Yangi 2023 -o'quv yilidan boshlab menga toifa muddati tugagan, tarbiya faniga o'tmaydi deb mutaxassis oyligini to'lashyapti. Bu qanchalik to'g'ri? Toifamiz nimaga o'tmaydi, axir, Tarbiya degan joyi ham borku. Oliy toifani olish mashaqqat bo'lsa, osonlik bilan mutaxassisga tushurib qoyilaveradimi?

Iltimos aniqlik kiritib bersangiz !

Жавоб:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 6 июлдаги “Умумий ўрта таълим муассасаларида “тарбия” фанини босқичма-босқич амалиётга жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 422-сонли қарори асосида умумий ўрта таълим муассасаларида “Одобнома”, “Ватан туйғуси”, “Миллий истиқлол ғояси ва маънавият асослари” ҳамда “Дунё динлари тарихи” фанларини бирлаштирган ҳолда ягона “Тарбия” фани 1-9-синфларда — 2020/2021- ўқув йилидан, 10-11-синфларда эса — 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб фанларга ажратилган умумий соатлар доирасида босқичма-босқич амалиётга жорий этилди.

Эътибор беринг, бирлаштирган ҳолда ягона “Тарбия” фани ташкил этилмоқда. Шундай экан, Миллий истиқлол ғояси туркумига кирувчи фанлардан олинган малака тоифаси Тарбия фани учун тўлиқ амал қилиши лозим, Шу жумладан Бошланғич таълимдан олинган малака тоифалари 1-4- синфларда Тарбия фани дарслари учун инобатга олинади.
Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сонли қарори билан тасдиқланган педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомнинг 18-бандида педагог кадрлар олий маълумот олганлиги ёки қайта тайёрлаш курсларидан ўтганлиги ҳақидаги дипломда (кейинги ўринларда — диплом) кўрсатилган тайёрлов, таълим йўналиши, мутахассислик ёки ихтисослигига мос келадиган ўқув фанлар бўйича аттестациядан ўтиши белгиланган. Бироқ, айрим молиячи ходимлар шуни асос қилиб, тоифа билан тўланишига қарши чиқишмоқда. Ўқитувчининг дипломида ёзилган Миллий истиқлол ғояси ва манавият асослари фани Тарбия фанига ўзгартирилди. Бунга 06.07.2020 ВМ-422-сонли қарорининг биринчи банди асос бўлади.

Бу каби норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни расмий шарҳлаш жараёнида норматив-ҳуқуқий ҳужжатда ноаниқликлар топилган, у амалиётда нотўғри ёки зиддиятли тарзда қўлланилган тақдирда 2021 йил 20 апрелда тасдиқланган ЎРҚ-682-сонли Ўзбекистон Республикасининг «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги Қонунининг 55-моддасининг тўртинчи бандига кўра қонуности ҳужжатлари нормаларига расмий шарҳни уларни қабул қилган органлар, яъни ушбу ҳолатда Ўзбекистон Республикасининг Вазирлар Маҳкамаси расмий шарҳ беради.

📲@Baxtiyor_Tuyev
Каналга қўшилиш | Савол юбориш | Гуруҳга қўшилиш