BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
48.3K subscribers
30.5K photos
2.81K videos
167 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#viloyat¬_seminari
Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va IT Park Buxoro viloyati hududiy filiali hamkorligida tuman va shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarining AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha metodistlari hamda informatika fani o'qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida masofaviy ta’lim tizimini kengaytirish, xalqaro “Coursera” platformasining onlayn kurslaridan foydalanish, uzbekcoders.uz platformasida o‘qish orqali yoshlarning IT sohasiga qiziqishini orttirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

uzbekcoders.uz platformasi orqali AQShning “Coursera” kompaniyasi onlayn ta’lim resurslari foydalanish, shuningdek, ushbu platforma orqali o‘quvchi- yoshlarni va davlat xizmatchilarini xalqaro IT-sertifikatlariga o‘qitishni samarali tashkil etish bo‘yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

❇️Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Мактабгача таълим муассасаларида тарбияланувчиларига инглиз тилини ўргатиш бўйича методика ишлаб чиқарилди

Шу муносабат билан мактабгача таълим ташкилотларида фаолият юритаётган инглиз тили фани ўқитувчилари учун ўқув-семинари ташкил этилди.

Батафсил: https://bolalarolami.uz/1208

Каналга обуна бўлинг: @bolalarolamiuz
⚡️Rasmiy munosabat

🔹Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari majburiy mehnatga jalb etilayotganligi haqida xabar tarqaldi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ushbu xabarda keltirilgan holatga aniqlik kiritish maqsadida o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganish xulosalariga ko‘ra, holat yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Қайноқ қалб мавжлари

Bolalarolami.uz мухбирларидан навбатдаги фоторепортаж. Унда сиз Бухоро шаҳридаги 76-ДМТТдан тайёрланган жажжи тарбияланувчиларнинг истеъдодларини кўришингиз мумкин.

Батафсил: https://bolalarolami.uz/1207

Каналга обуна бўлинг: @bolalarolamiuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Ёзги оромгоҳ - энг завқли даргоҳ

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 08:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_19

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:07 Bolani bog‘chaga joylashtirishda aniq huquqiy mezonlar qanday?

➡️ 01:30 Katta ish staj va kasbiy faoliyatga doir boshqa yutuqlar, istisno tariqasida, o’qituvchining oliy toifa olishida e’tiborga olinadimi?

➡️ 02:52 Qishlog‘imiz hududida joylashgan davlat bog‘chasi uch yildirki bino va moddiy infratuzilmasi talabga javob bermay qolganligi uchun ishlamaydi. Men tumanimiz hokimligi qarori asosida o‘z mablag‘im hisobidan ushbu ta’lim maskanini ta’mirlab va qo‘shimcha binolar qurib faoliyatini yo‘lga qo‘yishim mumkinmi?

➡️ 04:17 Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga ishga joylashish uchun qanday shartlar bor?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Onlayn_darslar
#Siz_uchun_imkoniyat

📣📣IT sohasini "Milliy ta’lim resurslari" kanalida o'rganing!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Milliy ta'lim resurslari" YouTube kanali orqali zamonaviy IT sohasini onlayn o'rganish imkoniyati mavjud.

❗️Bu yerda 25 xil yo'nalishdagi IT kasblar bo'yicha sodda, qulay va tushunarli video-darslar joylashtirib boriladi.

Biz bilan yangi cho'qqilarni zabt eting!

👉 Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=9Aq3z_FARBc
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonga yetib kelishdi

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari imtihon o'tkaziladigan joy va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

❗️Ta'kidlash lozim, xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan barcha hududlarga borib, imtihonlarga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Ma'lumot uchun, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi
✳️Jig‘achilik bolajonlar ixtiyoriga yana bir zamonaviy bog‘cha topshirilishi arafasida

🔹Ayni kunlarda Qorako‘l tumani Jig‘achi mahallasida hududidagi sobiq 30-maktabning bo‘sh turgan binolari negizida 210 o‘rinli zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.

🔹Aytish joizki, tuman markazidan 35-40 kilometr uzoqliqda joylashgan Jig‘achi mahallasi va unga tutash hududda 1200 ga yaqin maktabgacha ta’lim yoshiga yetgan bolajonlar istiqomat qilib, bugungi kunda ularning 500 ga yaqini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

🔹"Promstroy komplekt invest injenering" qurilish korxonasi tomonidan 5,6 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlanayotgan mazkur zamonaviy bog‘cha yaqin kunlar ichida jig‘achilik bolajonlar ixtiyoriga topshirilishi arafasida.

🔹Eslatib o‘tamiz, so‘ngi yillarda tumanda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish borasida olib borilayotgan ishlar natijasida, bugungi kunda bog‘cha yoshidagi bolalar qamrovi 74 foizga yetdi. Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatgichni 80% dan oshirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BOSHLANDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🛑Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonining ikkinchi bosqichga start berildi.