BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
2.97K subscribers
27K photos
2.5K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📣 📣 MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

⚡️
Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini maʼlum qilamiz.

📍 Endilikda Siz e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni joriy yilning 20-iyun kunidan boshlab onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin!

❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarning shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q
.

📍 Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
✔️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
✔️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
✔️ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

❗️ Akademik litseylar va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

☎️ Qo'shimcha maʼlumotlar uchun (71) 203 07 04 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)

43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 12-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim eslatma!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
ПРИЕМ В 1 КЛАСС НА 2023-2024 УЧЕБНЫЙ ГОД НАЧНЕТСЯ С 20 ИЮНЯ

Согласно
установленному порядку, процессы приема в 1 класс проходят в 2 этапа.

1-й этап:
в пределах микро-регионов
(20 июня-31 июля)
2-й этап: за пределами микро-регионов
(1-15 августа)

В 43 районах (городах) процессы приема в 1 класс осуществляются через государственные услуги в электронном виде.

В этом случае, с 12:00 утра 20 июня родители должны зарегистрироваться и подать заявку через электронную платформу my.maktab.uz.

В остальных регионах, принятия в 1-й класс будут проходить непосредственно в школах в традиционных формах, через электронную систему министерства (adm.maktab.uz).

Для информации:
в 2023-2024 учебном году планируется принять в 1 класс более 730 тысяч детей по всей республике.

Важное примечание!
В соответствии с законом "Об образовании" (статья 9) дети принимаются в школу в том году, когда им исполняется 7 лет. То есть, в этом году в 1 классы будут приниматься дети, родившиеся в период с 1 января по 31 декабря 2016 года.

Дополнительную информацию по процессам электронного приема можно получить по телефону Call-центра Министерства 71-203-07-04 или через официальный канал @Mymaktab_uz в Telegram.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Бухоролик хорижий тил ўқитувчиларининг 57 фоизи халқаро ва миллий сертификатга эга

📍https://uza.uz/posts/494481

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshiriladi

To‘g‘ri tanlangan va adolatli baholash tizimi ta’lim sohasini isloh qilishning eng muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘quvchining bilimini obyektiv baholash uni to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratadi.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi mezonlarga asoslangan ushbu baholash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Ushbu baholash tizimining amaldagi tizimdan farqi — baholash jarayonlarida inson omilining minimallashtirilganida.

⚡️ Summativ baholash tizimini ishlab chiqishda Agentlik tizimidagi mutaxassislar tomonidan Yevropa va Markaziy Osiyoning 30 dan ortiq davlatlari tajribasi o‘rganildi.

✔️ 2023-2024-o'quv yilidan boshlab respublikaning har bir tumanidan tanlab olingan maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar tayanch maktab sifatida belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
❇️BUXORO VILOYATIDAGI 77 TA MAKTAB UCHUN ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR TO‘PLAMI YETIB KELDI

🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq zamonaviy o‘quv kompyuterlari to‘plami mamlakatimiz maktablariga tarqatilmoqda.

🔹Kompyuterlar ortilgan karvon bugun Buxoro viloyatiga ham yetib keldi.

🔹Yangi o‘quv yilida kompyuterlari manan eskirgan 77 ta umumta’lim maktabi zamonaviy kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlanadi.

🔹Ma’lumot uchun, har bir to‘plam 16 dona kompyuter va zaruriy texnikalarini o‘z ichiga oladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

Telegram
🌈IKKINCHI MAVSUMDA VILOYATDAGI 45 TA SOGʻLOMLASHTIRISH MAYDONCHALARIDA 2660 NAFAR O‘QUVCHI HORDIQ CHIQARMOQDA

Ayni paytda viloyatdagi 45 ta umumta’lim maktablarida sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan bo‘lib, ikkinchi mavsumda 2660 nafar o‘quvchi qamrab olindi.

💥Mazkur oromgohlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tajribali pedagoglar rahbarligida faoliyat olib borayotgan turli xil to‘garaklar, musobaqalar va bellashuvlar ularning qiziqishlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Turli ko‘ngilochar tadbirlar, sayohatlar esa dam oluvchilarning vaqtini yanada zavqli o‘tkazishni ta’minlamoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |