BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
14.2K subscribers
28.1K photos
2.6K videos
132 files
12K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#sarhisob
❇️ “Barkamol avlod” bolalar maktablariga jami 21 490 nafar o‘quvchi jalb etilib, ularning 17 455 nafariga to‘garak mashg‘ulotlarini yakunlaganligi haqidagi guvohnomalar topshirildi

Batafsil👉
https://telegra.ph/bvmmtbuz-06-05-2

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram | Facebook |
❇️BUXORODA “KORRUPSIYASIZ SOHA” LOYIHASI DOIRASIDA TIZIM RAHBARLARI ISHTIROKIDA YIGʻILISH O‘TKAZILDI

🔹Yig‘ilishni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig'i Shavkat Hamrayev olib borib, bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayot tizimli ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-06-05-3

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#fakt_va_raqam
❇️Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Buxoroda 62 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

🔹Jumladan:
Buxoro tumanida 5 ta (oilaviy);
Vobkent tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy)
G'ijduvon tumanida 10 ta (oilaviy);
Jondor tumanida 6 ta (oilaviy);
Kogon tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy);
Olot tumanida 1 ta (DMTT)
Qorako'l tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy)
Peshku tumanida 12 ta (DXSH va oilaviy);
Romitan tumanda 6 ta (oilaviy MTT);
Shofirkon tumanida 4 ta (DXSH va oilaviy).

🔹Buning natijasida viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning yana 2 625 nafari qamrab olindi.

🔹Ma'lumot uchun: viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar soni 152 893 nafarni tashkil etib, shundan 121 610 nafari (79,5%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.

Telegram | Facebook |
#faxr
❇️Buxorolik o‘quvchi xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi

🔹Buxoro tumanidagi 38-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Ruxshona Dehqonova ilk maktab yoshidan sportning badiiy gimnastika turi bilan shug‘ullanib keladi.

🔹Ayni paytga qadar u viloyat, respublika miqyosidagi qator musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qayt etib kelmoqda.

🔹Yaqinda Ruxshona Filippin davlatida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🔹Sportda o'z o'rniga ega bo'layotgan iqtidorli o'quvchimizni bu yutug'i bilan tabriklaymiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlangan bo’lib, ushbu havola orqali yo’riqnoma bilan tanishishingiz mumkin.

❗️
Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 10-iyuniga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#faxr
❇️Buxorolik o‘quvchilar Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fan olimpiadasida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 31-may va 1-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al- Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹2 turda o‘tgan mazkur olimpiadada O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

🔹Quvonarlisi, ushbu sinovlarda buxorolik o‘quvchilar ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

🔹Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro shahridagi 23-IDUMning 7-sinf o‘quvchisi Dilnura Safarova hamda Jondor tumanidagi 46-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Uluglxo'ja Bafoyevlar faxrli 3-o‘rinni qayd etib, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |