BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
40.6K subscribers
31.7K photos
2.93K videos
176 files
13.3K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️BUXORODA BO‘LIB O‘TGAN AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

🔹Kogon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

🔹Sinovlarda yuqori natijalarni qayd etgan 9 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi👇

👉 G'oliblar

🔹Tadbir yakunida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Buxoro viloyati maktabdgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov va vazirlikdan biriktirilgan mas’ullar barcha ishtirokchilar ezgu tilaklar bildirdilar.

🔹Olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘olib o‘quvchilar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
Direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi

❗️2023-yil 1-sentabrdan boshlab:

✔️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi;

✔️ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengash”i tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI AL-XORAZMIY OLIMPIADASI GʻOLIBLARI QATORIDAN JOY OLDI

🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 21-22-may kunlari Buxoroda umumta’lim maktablarining 7-8-sinf sinf o‘quvchilari orasida Al-Xorazmiy olimpiadasining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

🔹2 kun davom etgan mazkur olimpiada davomida hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 126 nafar o‘quvchi o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

🔹Sinov natijalariga ko‘ra, Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Nodira Muqumova biologiya fanidan yuqori balni qayd etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
❇️Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik ko‘rik o‘tkazildi

🔹 Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya o‘tkazildi.

🔹 Ayni paytda viloyatda 3 ta, ya’ni 18-,57-,82-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularga 218 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-05-23

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB OILAMIZ EDI, KETISH OG‘IR BO‘LYAPTI

Maktabga kelib, darslarga kirmaganimiz, vaqtimizni zoye ketkazganimiz, maktab davrini qadriga yetmaganimiz...

Ustozlarimizdan kechirim so‘raymiz, bergan bilimlaringizga rahmat, biz sizlarni sog‘inamiz...

Bitiruvchilar iqrori
❇️HAR BIR BOLA MEHR VA E’TIBOR OGʻUSHIDA!

🔹Viloyat prokuraturasi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida Jondor tumanidagi 19- sanatoriya turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Besh tashabbus - besh imkoniyat” tadbiri tashkil etildi.

🔹Tadbir jarayonida dastavval maktab-internatida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Ayniqsa yigit-qizlarning sifatli ta’lim olishi bilan bir qatorda qiziqish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tarbiyalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan badiiy-musiqiy chiqishlar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan mazkur muassasaga esdalik sovg‘alari, badiiy kitoblar hamda zamonaviy stomatologiya jihozlari taqdim etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |You tobe | Facebook |