BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
48K subscribers
30.5K photos
2.81K videos
168 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diyor_yangiliklarida

❇️Kogon shahridagi 8-umumta’lim maktabida “Besh tashabbus san’at biilan! Besh tashabbus sport bilan!” shiori ostida festival bo'lib o'tdi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida qatnashish uchun 7 mingga yaqin maktab ro‘yxatdan o‘tdi

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning aprel oyida, ikkinchi (viloyat) bosqichi may oyida, uchinchi (respublika) bosqichi avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil:
➡️ https://uzedu.uz/uz/news/971

————
Порядка 7000 школ зарегистрировались для участия в конкурсе на приз Президента «Лучшая школа по обучению иностранным языкам»

Районный (городской) этап конкурса планируется провести в апреле, второй (региональный) этап конкурса в мае, а третий (республиканский) – в августе текущего года.

Подробно:
➡️ https://uzedu.uz/ru/news/971

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mobil_reportaj

❇️Jondor tumanidagi Nurafshon sport majmuasida ,,Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida taʼlim muassasalari oʻqituvchilari oʻrtasida ,,Sogʻlom tanda -sifatli taʼlim" shiori ostida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybo va futbol turlari boʻyicha kasaba uyushmasi kubugi sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
​​2023 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланди

"2023 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида"ги Президент Фармони (ПФ–270-сон, 23.12.2022 й.) қабул қилинди.

🔰Фармонга кўра, 2023 йилда қуйидаги қўшимча дам олиш кунлари белгиланди:

🔹 барча ходимлар учун (иш ҳафтасининг туридан қатъи назар):

▫️2 январь – душанба;
▫️30 июнь – жума
.

🔹 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун:

▫️3 январь – сешанба;
▫️20 март – душанба;
▫️22 март – чоршанба;
▫️24 апрель – душанба;
▫️1 июль – шанба;
▫️2 сентябрь – шанба;
▫️30 декабрь – шанба.

🔘 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш кунлари қуйидаги тартибда кўчирилади:

▫️7 январь – шанба кунидан 3 январь – сешанба кунига;
▫️11 март – шанба кунидан 20 март – душанба кунига;
▫️25 март – шанба кунидан 22 март – чоршанба кунига;
▫️29 апрель – шанба кунидан 24 апрель – душанба кунига.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#илғор_тажриба
❇️BUXOROLIK MUALLIMA TABIIY FAN (SCEINCE) O‘QITUVCHILARI UCHUN METODIK QO‘LLANMA YARATDI

🔹Xabaringiz bor, 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida bir nechta fan: Atrofimizdagi olam, Tabiatshunoslik, Geografiya, Biologiya hamda Fizika fanlarining boshlang‘ich tushunchalarini o‘zida birlashtirgan Tabiiy (Science) fanlarning 1-2-sinf darsliklari joriy etildi.

🔹Vobkent tumanidagi 7-umumta’lim maktabining oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Gulsara Porsoyeva muallifligida yaratilgan “Tabiiy fanlar” qo‘llanmasi 2-sinf darsligidagi mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, mavzularni mustahkamlashga va o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga xizmat qiladi.

🔹Ayni paytda qo'llanma viloyat miqyosida ommalashgan bo'lib, maktab o‘qituvchilari tomonidan keng qo‘llanilmoqda.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-03-16

Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
⚡️Kelajakka yo‘l maktabdan boshlanadi

🔹Olis Qorovulbozor tumanidagi 5-umumta’lim maktabi o‘quvchilari darsdan so‘ng o‘z qiziqishlari asosida turli kasb-hunarlarni o‘rganishmoqda

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Forwarded from Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.

Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.

Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.

Dastlabki tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:

Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:

21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.

Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.

Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.

Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:

57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.

111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.

2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.

Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.

Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.

Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❇️BUXORODAGI MAKTABLARDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA 276 MING TUPGA YAQIN KO’CHAT O’TQAZILDI

🌳Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari ham faol ishtirok etmoqda.

☘️Ayni paytda umumta’lim muassasalarida loyiha doirasida ko‘chat ekish aksiyalari tashkil qilinib, har bir o‘quvchi va pedagog-xodim o‘z maktabini yashil maskanga aylantirishdek ezgu va xayrli ishda tashabbus ko‘rsatmoqda.

🍀Loyiha doirasida mavsumda viloyatdagi umumta’lim muassasalari hududida jami 237 ming tup ko’chat ekish rejalashtirilgan. Ayni kunda 78 ming 770 tup manzarali, 79 ming 275 tup mevali daraxt, 118 ming 008 buta – jami 275 ming 846 tup ko’chat o‘tqazildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
#yashil_makon
🌳Buxoro shahrida "Ma’naviyat bog‘i" tashkil etildi

☘️Buxoro shahar hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabusi bilan "Yashil makon" loyihasi doirasida "Ma’naviyat bog‘i" tashkil etildi.

🍀Buxoro viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududidagi yer maydoniga 200 tupga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

☘️Ushbu tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari ham faol ishtirok etdilar.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
📢 Onlayn olimpiadalar davom etmoqda.

🔶 Bugun 9-sinf o‘quvchilari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shularni inobatga olib, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.

****

Последним учебным днем III четверти будет 18 марта (суббота)

Согласно пункту 26 Положения, утвержденного постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №140 от 15 марта 2017 года, весенние каникулы в общеобразовательных школах начинаются 21 марта и длятся 7 календарных дней.

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 23 декабря 2022 года «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2023 году» 20 марта 2023 года в школах обозначен как дополнительный праздник. Он начинается с 20 марта и продолжается до 26 марта (включительно).

Принимая во внимание это, сообщаем, что 18 марта (суббота) будет последним учебным днем 3-й четверти, а 4-я четверть начнется 27 марта.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❇️“NURLI MASKAN”DA BAYRAM SHUKUHI

🔹Buxoro shahridagi 24-sonli "Nurli maskan" ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Navro‘z" umumxalq bayrami munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

🔹Ushbu tantanali tadbirda Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov ishtirok etib, muassasa tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabrikladi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube