BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.01K subscribers
27K photos
2.5K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️BUXORODA “MA’RIFATLI JAMIYAT – UCHINCHI RENESSANS BUNYODKORI” ESSELAR TANLOVINING 2-BOSQICHI O‘TKAZILMOQDA

🔹Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari o'rtasida tashkil etilgan mazkur tanlovning maktab bosqichi joriy yilning 26-sentabr kuni o‘tkazilib, unda 3570 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

🔹Bugun, 5-oktabr kuni mazkur esselar tanlovining navbatdagi – shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda tanlovning maktab bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 655 nafar o‘qituvchilar 2 ta yo‘nalishda o‘z ijodkorlik qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🔹Tanlov jarayonida respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tanlangan film namoyish etilib, ishtirokchilar ko‘rgan filmlaridan olgan taassurotlari asosida esse yozishadi. Buning uchun uchun 2 soat vaqt ajratilgan.

🔹Natijalarga ko‘ra, g‘olib o‘qituvchilar tanlovning keyingi - viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Telegram |Сайт | Facebook |
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (ok)
Asosiy olimpiadaning tuman bosqichi haqida ma'lumotlar bilan tanishing.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
#kun_hikmati

❇️Insonning qalbi qanchalik past bo‘lsa, burni shunchalik osmonga ko‘tariladi. U qalbi yetmagan joyga burni bilan intiladi.

✍️Umar Xayyom


Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:
👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️YANGI DARSLIKLARGA YANGICHA NIGOH

🔹Buxoro shahridagi 13-umumta’lim maktabida"Yangi darsliklarga yangicha nigoh” shiori ostida "6-, 7-, 10-sinflarda Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan darsliklarni amaliyotga keng joriy etish: muammolar, yondashuv va tahlil" mavzusida viloyat amaliy-uslubiy seminari tashkil etildi.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-10-06-3

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Долзарб

ЖАМИЯТИМИЗДА ҚИЗЛАРНИНГ ТАЪЛИМ ОЛИШИДА ЯРАТИЛАЁТГАН ИМКОНИЯТ ВА МАВЖУД ТЎСИҚЛАР ХУСУСИДА

Аянчли статистика
бугунги кунда бутун дунёда 35 миллион нафар қиз мактаб таълимига қамраб олинмаганлигини кўрсатмоқда.

Хўш, қизлар таълимининг оила ва жамиятдаги аҳамияти қандай?

Шу ва бошқалар ҳақида Халқ таълими вазирлигининг Таълим сифати жараёнларини мувофиқлаштириш департаменти директори Лазиз ХЎЖАҚУЛОВ билан суҳбатлашдик.

Унда,

Жамиятимизда қизларнинг таълим олишида яратилаётган имконият ва мавжуд тўсиқлар;
Ўзбек қизларининг хорижда таълим олиши билан боғлиқ стереотиплар;
Ўғил бола ва қизларнинг таълим олишдаги салоҳияти;
Тарихда ота-боболаримиз томонидан қизлар таълимига бўлган эътибор;
Қизларнинг илмсизлиги оқибатида юзага келиши мумкин бўлган аянчли оқибатлар;
Зиёли қизларни камол топтиришда ота-оналарнинг роли хусусида сўз боради.