BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
47.5K subscribers
30.6K photos
2.82K videos
168 files
12.9K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
❇️PREZIDENT MAKTABI HAMKORLIGIDA INGLIZ TILI FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN VILOYAT SEMINARI TASHKIL ETILDI

🔹Umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitishda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan samarali foydalangan holda o‘quvchilarning til bilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy metodikalar, ilg‘or tajribalarni keng joriy etish maqsadida Buxoro shahridagi Prezident maktabi bilan hamkorlikda “Samarali o‘rganish va jamoaviy o‘qitish” mavzusida viloyat ilmiy-amaliy seminari tashkil etildi.

🔹Unda shahar va tumanlardagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar jarayonida Prezident maktabi ingliz tili o'qituvchilari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ochiq darslar, trening mashg‘ulotlari va mahorat darslari tashkil etildi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
“Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари учун турли хил пул йиғимлари қатъиян таъқиқланади

Халқ таълими вазирлиги “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш бўйича тавсиялар ишлаб чиқди.

Жорий йилнинг 25 май куни барча умумий ўрта таълим муассасаларида 2021-2022 ўқув йили якунланиб, “Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари бўлиб ўтади.

Ушбу тадбирни ташкил этиш бўйича Халқ таълими вазирлиги тавсиялар ишлаб чиқиб барча мактабларга юборди. Тадбирлар мактаб ҳовлиси боғида ёки соя салқин очиқ майдонларида ўтказилади. Мактаб ҳудудига бегона шахсларнинг киритилмаслиги назоратга олинади.

Мактабларда мазкур тадбир соат 8:00 дан 8:45 га қадар, тавсия этилган сценарий асосида ташкил этилади. Унда йил давомида аъло баҳоларга ўқиб, энг юқори рейтинг кўрсаткичларига эришган иқтидорли битирувчилар тақдирланиб, рағбатлантирилади.

Шу ўринда барчага “Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари, босқичли назорат имтиҳонлари ва якуний давлат аттестацияларини ўтказишда, таълим муассасаларини янги ўқув йилига тайёрлаш борасида ўқувчи ва битирувчилар ҳамда уларнинг ота-оналаридан турли хил пул йиғимлари қатъиян таъқиқланганлигини эслатиб ўтамиз.

Бундан ташқари, умумий ўрта таълим муассасалари раҳбарлари ҳамда ўқитувчиларга битирувчилар томонидан турли қимматбаҳо совғалар тақдим этиш, қўшимча турли тантанали тадбирларни (хонадонлар, ресторан ёки қаҳвахоналар ва ҳ.қ.да банкет ёки бошқа маросимлар) ўтказиш ва енгил автомашиналарда сайр ташкил этишни олдини олишга алоҳида эътибор қаратиш сўралади.

Мактабларнинг “Кузатув кенгаши” аъзоларига юқорида келтириб ўтилган тавсияларга амал қилиниши устидан назорат олиб боради.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❇️Omad — bu har qanday sharoitda ham undan vaqtida foydalanib qolishga tayyor bo‘lmagan odamga fursat sarflab o‘tirmaydigan qudratli imkoniyat. Fursatni qo‘ldan boy bermang!

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#махсус_таълим
❇️“MATONAT” SPORT MUSOBAQASI VA KITOBXONLIK TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

🔹Buxoro shahridagi 24-sonli “Nurli maskan” maktab-internatida “Matonat” sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹“Nurli maskan” ta’lim muassasasi o‘quvchilarida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazzam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni ma’naviyati, salohiyati, ma’rifatini yuksaltirish, yosh avlodni kitob mutolaasiga undash va munosib rag‘batlantirish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur musobaqalarda maktab-internati o‘quvchilari sportning yengil atletika, uzunlikka sakrash, shashka, shaxmat va kitobxonlik bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🔹Bellashuv yakuniga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga musobaqaning Respublika bosqichiga ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️JISMONIY TARBIYA HAMDA CHAQIRIQQA QADAR BOSHLANGʻICH TAYYORGARLIK FANLARINI SIFATLI VA SAMARALI O‘QITISH BORASIDA MUHIM TAVSIYALAR BERILDI

🔹Jondor tumanidagi 45-umumta’lim maktabida “Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni jismoniy hamda ruhiy rivojlantirish omillari” mavzusida viloyat miqyosida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari mas’ul metodistlari hamda umumta’lim maktablarining ilg‘or tajribali o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar davomida tumandagi 3-, 22- va 45-maktablarning o‘ziga xos tajriba va mahoratga ega jismoniy tarbiya hamda chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari tomonidan namunali ochiq darslar va to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔹Bunda mavzularning ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida sifatli va qiziqarli olib borish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram |Сайт | Facebook |