BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
3.01K subscribers
27K photos
2.5K videos
111 files
11.7K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
E’lon! 🎉🎉🎉
3-5-may kunlari - Bebras-2022 - bo'yicha xalqaro Bebras (nodavlat) musobaqasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlik darajasidan qat'iy nazar, barcha 5-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishga taklif etiladi.
Bebras xalqaro musobaqasi o‘quvchilarning savodxonligi va ilmiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.
📅 Musobaqa o‘tkazilish jadvali:
🔸5-6-sinflar, 3-may soat 18:00 da;
🔸7-8-sinflar, 4-may soat 18:00 da;
🔸9-10-11-sinflar, 5-may soat 18:00 da;
(Test sinovlari uchun 1 soat vaqt ajratiladi)

Musobaqa oo.uzedu.uz tizimida o‘tkaziladi.
Natijalar 6-may kuni soat 12:00 dan keyin shaxsiy kabinetingizda natijalar bo‘limida e'lon qilinadi.

🖥 Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart!

❗️Oldin ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar login parollarini unutgan bo‘lsalar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tgan ta'lim muassasasiga murojaat qilib login parollarini bilib olishlarini mumkinligini ma'lum qilamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
#bizning_faxrimiz
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI GERMANIYADA QISQA MUDDATLI KURSDA TA’LIM OLISH IMKONIYATIGA EGA BO‘LDI

🔹Shofirkon tumanidagi 23-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Asqar Mavlonov tirishqoqligi va intiluvchanligi tufayli qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

🔹Ayniqsa, nemis tili fani yo‘nalishida erishgan natijalari ancha salmoqli. Fan olimpiadasining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bu iqtidorli o‘quvchi nemis tilidan til bilish darajasini belgilovchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, B2 sertifikatiga ega bo‘ldi.

🔹Yaqinda esa u O‘zbekiston Respublikasi va Germaniyaning Gyoti Instituti Toshkent filiali bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Mening kasbim – mening kelajagim” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda faxrli 3-o‘rinni, nemis tilidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiada esa 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹Endilikda bu iqtidorli o‘quvchi maxsus stepediyaga ega bo‘lish bilan bir qatorda joriy yilning 10-30-iyul kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan "Til kursi va kasbiy amaliyoti" kursida o‘qish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

Telegram |Сайт | Facebook |
❇️XALQARO OLIMPIADADA ISHTIROK ETISH IMKONIYATINI QO‘LGA KIRITGAN AKA-UKA MAKTAB O‘QUVCHILARI TUMAN HOKIMI TOMONIDAN MUNOSIB TAQDIRLANDI

🔹23-24-aprel kunlari biologiya fanidan o'tkazilgan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi natijalariga ko'ra, Kogon tumanidagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchilari - aka-uka Gʻolibjon hamda Ahmadjon Sharipovlar terma jamoa a’zolari qatoridan o‘rin olbigan edi.

🔹Bugun, 27-aprel kuni tuman hokimi Muhiddin Esanov ushbu o‘quvchilar ta’lim olayotgan maktabda bo‘lib, ularni tabrikladi.

🔹Tengqurlari orasida alohida na'muna ko'rsatgan yosh iqtidor egalariga noutbook va planshet, ularning ota-onalariga esa muzlatgich sovg’a qilindi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
Forwarded from Respublika bolalar kutubxonasi/Rasmiy (Улуғбек Ядгаров)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik_festivali

📚Buxoro viloyatida “Kitobxonlik festivali” o‘tkaziladi📣📣

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” tashkil etib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida kitobxonlik festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

👉 Navbatdagi “Kitobxonlik festivali” 2022-yil 29-aprel kuni Buxoro viloyatida o‘tkaziladi. Tadbir doirasida kitoblar yarmarkasi, ma’naviy-ma’rifiy kecha, teatr tomoshalari tashkil etiladi. Shuningdek, kitobxonlik haftaligi doirasida o‘tkazilgan tanlov va tadbirlarda faol qatnashgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlanadilar. 🏆

Barchani kitobxonlik festivaliga taklif qilamiz!!!

📚Kanalga a’zo bo‘ling!👇👇👇

👉https://t.iss.one/+oAKfTEuPRKUzNDYy

🔗#Respublika_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

Telegram| You tube | Facebook|Instagram |Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❇️Buxoro shahridagi 30-umumta’lim maktabida "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmaylik!" aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#viloyat_seminari
❇️USMON NOSIR TAVALLUDIGA BAGʻISHLANDI

🔹Kogon tumanidagi 3-umumta’lim maktabida Iste’dodli shoir Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ”Chaqmoqdek chaqnagan chaqin” mavzusidagi viloyat ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda shahar va tuman xalq ta’limi metodistlari va umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🔹Seminar jarayonida ilg‘or tajribali fan o‘qituvchilari hamda Buxoro davlat universitetining filologiya fakulteti o‘qituvchilari tomonidan namunali mashg‘ulotlar va mahorat darslari tashkil etildi. Bunda ona tili va adabiyoti darslarini o‘tishda kompetensiyalarni shakllantiruvchi ilg‘or pedagogik texnologiyalar va metodlardan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Seminar doirasida “Unutmas meni bog‘im” mavzusida tayyorlangan badiiy-musiqiy tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram |Сайт | Facebook |
❇️ESTETIK FANLAR OYLIGI DOIRASIDA VILOYAT MIQYOSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

🔹Buxoro shahridagi 30-umumta’lim maktabida estetik fanlar oyligi doirasi Botir Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Hayot qisqa, umr abadiy” mavzusida viloyat miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirda o'quvchilar tomonidan musiqali chiqishlar, san’atkor kundaligidan lavha va maktabida 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan to’garaklar faoliyatidan musiqali, ko’rgazmali lavhalar namoyish etildi.

🔹Shuningdek, musiqa fani o’qituvchisi Sh. Muxitdinovaning musiqa darslarida “Ilg’or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusida ijodiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Telegram |Сайт | Facebook |