BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
46.4K subscribers
30.8K photos
2.85K videos
170 files
13K links
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Download Telegram
#Fan_olimpiadalari
❇️10-SINF O`QUVCHILARI ORASIDA VILOYAT BOSQICHI G`OLIBLARI ANIQLANDI

🔹Joriy yilning 26-27-noyabr kunlari fan olimpiadalari viloyat bosqichida 227 nafar 10-sinf o`quvchilari ishtirok etib, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlari yo`nalishida o`z bilimlarini sinovdan o`tkazdilar.

🔹Sinovlar 2 turda, ya’ni yozma ish va test, faqat informatika fanidan dasturlashga oid amaliy topshiriqlar asosida tashkil etildi.

🔹Hakamlar hay’ati tomonidan har bir ishtirokchining natijalari xolisona va adaolat mezonlari asosida baholanib, g`oliblar aniqlandi.

G`oliblar bilan tanishing👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-11-28

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
📢DIQQAT! XALQARO KONFERENSIYA!

📝 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETING!

Eslatib o‘tamiz, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda 2021-yil 10-dekabr kuni “Xalqaro baholash va ta‘lim sifatini tadqiq etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

📚 Boshlang‘ich ta’lim sifatini baholash va takomillashtirishda xalqaro tadqiqot dasturlarining o'rni: muammo va yechimlar;

📚 PISA-2022 xalqaro baholash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etish - ta’lim sifatini oshirishning muhim omili;

📚 TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajasini baholash va rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar;

📚 TALIS - Direktor va o'qituvchilar ovozi: maktabdagi ta’lim jarayoni va kasbiy rivojlanish muhitini tahlil qilish hamda yaxshilashda xalqaro tadqiqotlarning ahamiyati: muammo va yechimlar;

📚 Umumta’lim maktablarida fanlarni zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish metodikasi: muammo va yechimlar.

📥📨Konferensiya uchun maqolalar 2021-yil 30-noyabrga qadar (shu kuni ham) [email protected] elektron pochtasi va @xalqaro_konferensiya2021, @mmkonferensiya telegram manzillari orqali qabul qilinadi.

☝️Konferensiyada ishtirok etish BEPUL, materiallar elektron shaklda nashr etiladi.

🔹аxborot xati
🔹информационное письмо
🔹information letter

📌Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Institutning Xalqaro baholash va ta'lim sifatini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot bo'limiga murojaat qiling.

TEL:+998 71 246-93-93

❗️A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
Халқ таълими вазири ҳудудий халқ таълими бошқармалари раҳбарлари билан ҳудудларда мавжуд муаммоларни таҳлил қилди

Давра суҳбати шаклида ўтган мазкур учрашувда тизимда мавжуд муаммо ва камчиликлар, уларни ҳал этиш йўллари таҳлил қилинди.

“Вазифага киришганимдан бери 3 та ҳудудда бўлдим, аҳвол қониқарли эмас. Сизлар керак бўлса ҳудудингиздаги ҳар бир мактабни билишингиз лозим. У ерда мавжуд муаммолар, уларни ҳал этиш йўллари сизда бўлиши керак. Фаолиятингизни ўрганиб, менда юзага келган биринчи савол нега ҳамма вилоятда кўрсаткич ҳар хил? Фаолиятингизни таққослаб бир-бирингиз билан рақобат қилинг, рақобат бўлган жойда албатта тараққиёт бўлади. Ўзгаришни ўзингиздан бошланг. Ҳудудингизда мавжуд педагогика Олий таълим муассасалари битириувчилари билан учрашувлар ташкил қилинг, яхши педагогларни излаб топинг, профессионал ўз ишини яхши биладиган педагогларингиз иштирокида бошқа ўқитувчиларингизга маҳорат дарсларини ташкил қилинг”, — дея таъкидлади вазир.

БАТАФСИЛ: https://bit.ly/3FTF3iC


@uzedu
#Fan_olimpiadalari
#beshinchi_kun

❇️Ayni paytda Kogon tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichi davom etmoqda.

🔹Fizika,matematika, kimyo va biologiya fanlari kesimida o’tayotgan sinovlarda jami 184 nafar 11-sinf o’quvchilari o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishadi.


Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
✳️SHOFIRKONDA MAKTAB PSIXOLOGLARI ISHTIROKIDA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

🔹 Shofirkon tuman xalq ta'limi bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi hamda tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi tashabbusi bilan respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi, Shofirkon tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi hamkorligida maktab psixologlari ishtirokida o‘quvchi- yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Batafsil👉https://telegra.ph/buxvxtbuz-11-29


Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |
#maktabimga_kitob_sovga_qilaman
❇️SOBIQ DAVLAT MASLAHATCHISI NARZULLO JOʼRAYEV OʼZI TAHSIL OLGAN MAKTABDA BO’LIB, O'QUVCHILARGA 2 MINGGA YAQIN KITOB SOVGʼA QILDI

❇️Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra mudiri, yirik siyosatshunos, taniqli jamiyatshunos va faylasuf olim Narzullo Joʼrayev oʼzi tahsil olgan Buxoro tumanidagi 4-umumiy oʼrta taʼlim maktabiga tashrif buyurib, maktab oʼquvchilari bilan uchrashdi.

🔹Tashrif davomida olim yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʼib qilish, ularning kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida oʼzining shaxsiy kutubxonasidan 2 mingga yaqin ilmiy va badiiy kitoblar toʼplamini maktab kutubxonasiga sovgʼa qildi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |