BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.1K subscribers
68.5K photos
8.4K videos
9 files
22.2K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
3-sektor faoliyatiga bir nazar...

Shofirkon tumani IIBda 3-sektor rahbari, IIB boshlig‘i, podpolkovnik Azamat Ismoilov tomonidan qator masʼullar ishtirokida “Xorin”, “Shodlik”, “Mirzoqul” mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining turli masalalarga doir mavjud muammo va takliflari joyida birma-bir o‘rganildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etganlari esa alohida nazoratga olindi.

Shaxsiy tarkib va kunlik xizmatga jalb qilingan xodimlar bilan yo‘riqnoma o‘tkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lib, murojaatlar bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, xizmat intizomi hamda qonunchilikka qat’iy rioya etilishi yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Fermer xo‘jaliklarning “Paxta-2022” mavsumidagi agrotexnik tadbirlari, g‘o‘za parvarishi va xavfsizligi bo‘yicha dalalarda olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ishchi xodimlar bilan suhbatlar qilindi.

🇺🇿 @bviib
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro MTRK “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi:

Buxoro viloyati IIB xodimi, “Uchinchi darajali Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sovrindori Laziz Izbullayevning xizmat faoliyatiga
bir nazar
————————

Бухоро вилояти ИИБ ходими, “Учинчи даражали Ички ишлар органларида бенуқсон хизматлари учун” кўкрак нишони совриндори Лазиз Избуллаевнинг хизмат фаолиятига бир назар

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Oliy taʼlim muassasalarida talaba yoshlar bilan navbatdagi profilaktik tadbirlar olib borildi

Buxoro viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan Buxoro davlat universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot hamda Buxoro muhandislik texnologiyalari institutlarida talaba yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan navbatdagi profilaktik targʻibotlarda oliy ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalariga rioya qilish, yoshlar oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarlik, jinoyatchilik va yoʻl transport hodisalarining oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.

Bunda, ularga jamiyatda yurish-turish va axloq-odob qoidalariga amal qilish va tungi vaqtlarda turar joylarini tashlab chiqish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirishlar berildi.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini yanada mustahkamlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida so‘z yuritildi.

🇺🇿 @bviib
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro MTRK “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi:

Buxoro viloyatida aholi murojaatlari bilan tezkor ishlash, jinoyatchilikni oldini olish va uni aniqlash imkoniyatini yaratish borasida “102” tizimida amalga oshirilayotgan ishlar xususida
———————

Бухоро вилоятида аҳоли мурожаатлари билан тезкор ишлаш, жиноятчиликни олдини олиш ва уни аниқлаш имкониятини яратиш борасида “102” тизимида амалга оширилаётган ишлар хусусида

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
“OQILA AYOLLAR” HARAKATI FAOLIYATINI BOSHLADI

Buxoroda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar mas’ullari ishtirokida anjuman o‘tkazildi. Unda shahar-tumanlardagi “Oqila ayollar” harakati yetakchilari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.
Anjumanda notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, bu borada hududlardagi “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan hamkorlikda profilaktik targ‘ibotlar olib borishga kelishildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.