BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.1K subscribers
68.5K photos
8.4K videos
9 files
22.2K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
​​Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy maʼlumot...

Bugun, 13-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Poyi kalon majmuasida velosiped, odam tashuvchi elektron velosipedlar juda ham ko‘payib tartibsiz bo‘lgan, necha kishini urib ketdi, Tourist police nazorat qilmaydi. Namoz vaqtida ham musiqani balandlatib qo‘yishadi. Velosiped ijaraga oluvchilar umuman eʼtiborsiz, odam gavjum joyda ham quvib haydashadi. Meni bolamni ham urib boshini yordi Tourist police. ga aytsam hokimiyat ruxsat bergan deydi, hamma sayyohlar eʼtiroz qilyapti, iltimos bunga chora ko‘rib beringlar” sarlavhasi ostida xabar joylashtirildi.

Ushbu xabarda ko‘rsatilgan holat bo‘yicha Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, ayniqsa viloyat IIB Xavfsiz Turizmni ta'minlash boshqarmasiga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Hozirda mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘rganish davomida biror bir huquqbuzarlik holatlari aniqlansa, aybdor shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

Yuqorida keltirilgan holat yoki shunga o‘xshash holatlarda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “102” qisqa raqamli elektron tizimiga yoki Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining (65) 220-41-80 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingizni so‘rab qolamiz.

🇺🇿 Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Shavkat Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir” 👉 Batafsil o‘qing: ————————— Шавкат Мирзиёев: “Янги Ўзбекистон тадбиркорликнинг ривожланиши учун зарур шароитлар яратилган давлатдир” 👉 Батафсил…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZBEKISTON 24” telekanali “Xalqaro press-klub” informatsion dasturi:

Buxoro viloyatida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlashga doir “Ming tadbirkor ayol” forumi o‘tkazildi.
————————

Бухоро вилоятида хотин-қизлар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш, “Аёллар дафтари”га киритилган хотин-қизлар бандлигини таъминлашга доир “Минг тадбиркор аёл” форуми ўтказилди.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
YUKSAK MARRALARNI KO‘ZLAB...

Buxoro shahridagi 24-sonli “Nurli maskan” ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab-internatida sportning shashka, shaxmat, yengil atletika, dzyudo turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ularga 150 nafardan ortiq o‘quvchilar jalb qilindi. Ayni paytda o‘quvchilar faol qatnashmoqda. Yaqinda o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, paralimpiya sport turlari bo‘yicha navbatdagi musobaqa o‘tkazildi.
J.NEMATOV,
leytenant.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” qizg‘in davom etmoqda...

Ichki ishlar organlarida keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Kogon shahar, Kogon va Qorovulbozor tumanlari IIBlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Jazoni ijro etish departamenti 6-mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi 1-son JIEK xodimlari bilan birgalikda sportning arqon tortish, tosh ko‘tarish, yugurish, turnikda tortilish hamda futbol turlari bo‘yicha navbatdagi musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa yakunida g‘olib xodimlar badiiy kitoblar bilan rag‘batlantirildi.

Ta'kidlash joizki, bu kabi sport musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va sportni yanada ommalashtirishdan iborat.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy rolik

⚡️Boshqaruv vaqtida 📱telefondan foydalanish — baxtsiz hodisalarni yuzaga keltirishi mumkin!

❗️Qoidalarga rioya qiling!
———————
Бошқарув вақтида телефондан фойдаланиш — бахтсиз ҳодисаларни юзага келтириши мумкин!

Қоидаларга риоя қилинг!

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ШҲТ Самарқанд саммитининг матбуот марказида ОАВ вакиллари учун ташкил этилган брифингда бугун, 14 сентябрь кунига режалаштирилган тадбирлар тўғрисида маълумот бердим. Хусусан, бугун:

- Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимизга келган Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух билан учрашув ўтказади;

- давлатимиз раҳбари БМТ Бош котиби ўринбосари Розмари Ди Карлони қабул қилади;

- Эрон Президенти Иброҳим Раисийнинг мамлакатимизга расмий ташрифи бошланади. Олий даражадаги Ўзбекистон-Эрон музокаралари бўлиб ўтади;

- Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин давлат ташрифи билан Ўзбекистонга келади;

- Саммит тадбирларида иштирок этиш учун Қирғиз Республикаси Президенти С.Жапаров мамлакатимизга келади.

Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух Шанхай ҳамкорлик ташкилоти саммити тадбирларида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.

Президент Монголии Ухнаагийн Хурэлсух по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева прибыл в город Самарканд для участия в мероприятиях очередного заседания Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества.

#sammit #ShHT #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter