BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.8K photos
10.8K videos
20 files
39K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#live
#doǵiston #derbent

Жорий йилнинг 12 - 15 сентябрь кунлари Доғистоннинг Дербент шаҳрида “Xraniteli traditsiy” (Анъаналарни сақловчилар) туризм ярмаркаси бўлиб ўтмоқда. Унда дунёнинг қатор давлатларидан ҳунармандлар ва туризм соҳаси вакиллари иштирок этмоқда.

“Xraniteli traditsiy” туризм ярмаркасида Бухоро павильони ҳам ташкил этилган бўлиб, унда Бухоро ҳунармандлари, туризм соҳаси вакиллари ҳамда фольклор жамоалари қатнашмоқда.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Футзал. Жаҳон чемпионати 2024. Бухоро. Универсал спорт мажмуаси

🇧🇷Бразилия 1 : 0 Куба🇨🇺

📺"Спорт тв" | #live

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Футзал. Жаҳон чемпионати 2024. Бухоро. Универсал спорт мажмуаси

🇧🇷Бразилия 2 : 0 Куба🇨🇺

📺"Спорт тв" | #live

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Футзал. Жаҳон чемпионати 2024. Бухоро. Универсал спорт мажмуаси

🇧🇷Бразилия 3 : 0 Куба🇨🇺

📺"Спорт тв" | #live

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#Hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri
#live

Kecha xabar berganimizdek, Buxoro shahridagi mavjud 1960-yillarda oʻrnatilgan suv bogʻlagichlarni (zulfin) yangilariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishish va bu boradagi ishlarni jadallashtirish maqsadida viloyat hokimi Botir Zaripov ish jarayonlarini ko'zdan kechirdi hamda ishlarni jadallashtirish bo'yicha mutasaddilarga topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

❗️Eslatib oʻtamiz, Buxoro va Kogon shahri aholisiga ichimlik suvi ta'minoti bugun 21.00 ga qadar to'liq qayta tiklanishi rejalashtirilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#LIVE
#ziyorat_turizmi_haftaligi

⚡️Ayni daqiqalarda Buxoroda bo’lib o’tayotgan “Xalqaro ziyorat turizm haftaligi” xalqaro forumiga start berildi


Unda mahalliy va xorijiy ziyorat turizmi yo’nalishida faoliyat yuritayotgan turizm soha vakillari, xalqaro va mahalliy OAV, diniy qo’mita a’zolari va Turizm qo’mitasi vakillari ishtirok etishmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Maʼlumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 9-dekabr kuni respublikamiz miqyosida “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni”ni keng koʻlamda nishonlash taklifini ilgari surgan edi.

Hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, oʻsha kun mamlakatimiz tarixida muhim sanalardan biri sifatida oʻrin oldi.

Shundan beri yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi.

Taʼbir joiz boʻlsa, bu kun rizq-roʻzimiz bunyodkorlari – mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador hamda pillakorlar, mohir suvchilar, mexanizator va agronomlar, sohaning jonkuyar xodimlariga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildirish kunidir.

Shu munosabat ayni paytda Buxoro tumanidagi “Buxoro-Varnet” MCHJ xorijiy korxonasi muhtasham zalida katta bayram tadbiriga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Tadbirga viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasida yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklari, klasterlar rahbar-xodimlari, ilgʻor tomorqachilar, olimlar, suvchi-irrigatorlar, mexanizatorlar, agronomlar, qoʻyingki, tizimning eng fidoyilari, shuningdek, keng jamoatchilik taklif etilgan.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Tadbir boshlandi. Viloyat hokimi Botir Zaripov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, shuningdek, qishloq xoʻjalik xodimlarini erishgan muvaffaqiyatlari, sohadagi yutuqlari bilan tabrikladi.

Qadoq qoʻli va fidoyi qalbi bilan elimizning rizq-nasibasini yaratayotgan mohir dehqon va fermerlar, bogʻbonlar, chorvador va pillakorlar, suvchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Yangi Oʻzbekiston ravnaqi va aholi farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan agronom va mexanizatorlar, agroklasterlarning rahbarlari va ishchi-xodimlari, dehqon xoʻjaligi rahbarlari, sohaning jonkuyar olimlariga tashakkur izhor etdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Botir Zaripov: Bu yilgi qiyinchiliklarga qaramasdan, viloyatimiz boʻyicha 618 ming tonnadan ortiq gʻalla yetishtirildi.

350 ming tonnadan ortiq gʻalla fermer xoʻjaliklari va aholimiz ixtiyorida qoldi.

Ilgʻor fermer xoʻjaliklarimiz gʻalladan 90-100 sentnergacha hosil olishdi. Jumladan, Olot tumanidagi “Bayram Hoji Saxovati”, “Yusuf Maksum” Romitan tumanidagi “Asad Polvon”, “Moʻminabonu Abror” Jondor tumanidagi “Baxrillo Mirfayzbek”, Vobkent tumanidan “Muxsin Shaxnoza Shaxobjon”, Peshkoʻ tumanidagi “Moviy Osmon Zamini” “Oston Yoʻldosh” fermer xoʻjaliklarida yuqori natijalarga erishildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
​​#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Botir Zaripov: Viloyatda joriy yilda 96,0 ming gektar maydondan qariyb 320 ming tonna paxta yigʻib-terib olindi.

Fermer xoʻjaliklarimiz 2,5 trillion soʻm daromad qildi. 208 milliard soʻmdan ortiq sof foyda olindi. Halqimiz birgina paxta terimi puli hisobidan 630 milliard soʻm daromad oldi. Tajribali fermer xoʻjaliklarimiz paxtadan 50-55 sentnergacha hosil koʻtardi.

Jumladan, Gʻijduvon tumanidagi “Sodiq zafar saxovati”, “Sh.Shodimurod” Peshku tumanidagi “Imronbek-2019”, “Rahim Toʻrayev” Romitan tumanidagi “Turon”, “Moʻminabonu Abror” Vobkent tumanidagi “Sarvinov Sojida Nigina”, “Tali Shaydo” Qorovulbozor tumanidan “Erdon-Juma”, “Jarqoq oq oltin paxta tolasi”, Kogon tumanidagi “Yorqulov Ulugʻbek”, Shofirkon tumanidagi “Shodibobo-2020”, Buxoro tumanidagi “Said Davron Nodir”, “Boltabobo”, Qorakoʻl tumanidagi “Mullo Qilichbobo”, “Dilmurod-74”, Jondor tumanidagi “Qurbonov Gʻofur Hasanovich”, “Bunyod Ahmad” Olot tumanidagi “Shukrullo Oʻrinov”, “Karim Rahim” hamda Buxoro shahridagi “Hakim-Hasan” “Hayit – Baxbet” fermer xoʻjaliklarida yuqori natijalarga erishildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Botir Zaripov: Bundan tashqari, 30 ming nafar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kiritilgan va ishsiz fuqarolarning daromadini oshirish hamda bandligini taʼminlash maqsadida gʻalladan boʻshagan maydonlardan 10,6 ming gektari ajratib berilib, yuqori daromad olinishiga erishildi. Shuningdek, joriy yilda gʻalladan boʻshagan maydonlarning 62 ming gektariga takroriy ekinlar ekilib, ushbu maydonlar hisobidan 1 trln 400 milliard soʻm daromad olinishiga erishildi.

Xalqimizning turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida joriy yilda paxta va gʻalla hamda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlaridan ochiq tanlov asosida aholiga 10 sotixdan 1 gektargacha 30 yil muddatda ijaraga berish orqali 100 mingdan ziyod aholi va yoshlar bandligi taʼminlanadi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami


Botir Zaripov: Joriy yil chorvachilik va meva-sabzavotchilik sohasida ham nihoyatda barakali keldi. Viloyatda qoramol soni 1,4 mln. boshga yetkazilib, goʻsht ishlab chiqarish hajmi 311,0 ming tonnani, sut ishlab chiqarish esa 1,2 mln. tonnani tashkil etdi. Parrandalar bosh soni 8,7 mln. boshga yetkazilib, tuxum ishlab chiqarish hajmi 570,0 mln.donani va parranda goʻshti 35 ming tonnaga yetdi.

Bundan tashqari, 957 ming tonna sabzavot, 221 ming tonna poliz, 270 ming tonna kartoshka, 320 ming tonna meva va 236 ming tonna uzum yetishtirildi.

Bu orqali esa bozorlardagi narx-navoning barqaror saqlanishiga hamda xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabi qondirilishiga erishildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Botir Zaripov: Shu oʻrinda qishloq xoʻjaligi sohasida zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etishda klasterlarimiz xizmatini ham alohida eʼtirof etsak arziydi. Klasterlarimiz tomonidan jami 305 million dollarlik 169 ta loyiha ishga tushirilib, 22,3 ming ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.Oʻtgan 5 yil davomida viloyat boʻyicha paxta tolasini qayta ishlash darajasi 28 foizdan - 89 foizga, ip-kalava ishlab chiqarish quvvati 69 ming tonnadan 160 ming tonnaga, ip-gazlama ishlab chiqarish quvvati 6420 mln. kv. metrga yoki 5 barobarga oʻsdi.Viloyatimizdagi issiqxonalarda 875 gektar maydondan 73,2 ming tonna mahsulot yetishtirildi. 700 mlrd.soʻmdan ortiq daromad olindi.

Muxtasar aytganda, Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida joriy yilda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan aholimiz jami 43 trillion soʻm daromad oldi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami

Hosil bayramida agrar sohada fidoyilik namunasini koʻrsatayotgan bir guruh viloyatdoshlarimizga “Qishloq xoʻjaligi fidoiysi”, “Suv xoʻjaligi aʼlochisi”, “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori”, “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon”, “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube