#Buxoro #kubok #stol_tennisi
🏓Buxoroda stol tennisi bo‘yicha U-19 “O‘ZBEKISTON KUBOGI” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Stol tennisi bo‘yicha yoshlar, erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI” musobaqalarining yuqori darajada tashkil etilayotgani ushbu sport turiga qiziquvchilar sonini oshirishga va iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qilayapti.
Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida stol tennisi bo‘yicha Buxoroda o‘tkazilgan 🏆 U-19 “O‘ZBEKISTON KUBOGI” ham ushbu fikrimizni isbotladi.
Mazkur musobaqasida mamlakatimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 200 nafardan ortiq yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar.
5 kun davom etgan musobaqada tennischilarning puxta tayyorgarlik ko‘rib kelganliklari har bir bahslarda yaqqol ko‘rinib turdi.
Aytib o‘tish kerak, bellashuvlarda Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Buxoro hamda Samarqand viloyatlari vakillarining tezkor harakatlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
E’tiborlisi, ushbu musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rayotgan umidli yoshlar bilan birga Respublika va xalqaro bellashuvlarda salmoqli natijalarni qayd etgan sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Bu o‘z-o‘zidan ishtirokchilarning yaxshigina tajriba almashishlari uchun zo‘r imkoniyat tug‘dirdi.
Medallar jamg‘arishda o‘g‘il bolalar o‘rtasida
🥇1-o‘rin - Toshkent viloyati
🥈2-o‘rin - Toshkent shahri
🥉3-o‘rin - Namangan hamda Farg‘ona viloyati egallashdi.
Qiz bolalar o‘rtasida
🥇1-o‘rin - Toshkent viloyati
🥈2-o‘rin - Andijon viloyati
🥉3-o‘rin - Toshkent shahri hamda Samarqand viloyati qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga viloyat hokimligi, soliq boshqarmasi, sprort boshqarmasi stol tennisi federatsiyasining diplom va medallari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

#live
#qishloq_xoʻjaligi_xodimlari_kuni
#hosil_bayrami
Maʼlumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 9-dekabr kuni respublikamiz miqyosida “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni”ni keng koʻlamda nishonlash taklifini ilgari surgan edi.
Hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, oʻsha kun mamlakatimiz tarixida muhim sanalardan biri sifatida oʻrin oldi.
Shundan beri yurtimizda har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi.
Taʼbir joiz boʻlsa, bu kun rizq-roʻzimiz bunyodkorlari – mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador hamda pillakorlar, mohir suvchilar, mexanizator va agronomlar, sohaning jonkuyar xodimlariga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildirish kunidir.
Shu munosabat ayni paytda Buxoro tumanidagi “Buxoro-Varnet” MCHJ xorijiy korxonasi muhtasham zalida katta bayram tadbiriga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda.

Tadbirga viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasida yuqori hosildorlikka erishgan fermer xoʻjaliklari, klasterlar rahbar-xodimlari, ilgʻor tomorqachilar, olimlar, suvchi-irrigatorlar, mexanizatorlar, agronomlar, qoʻyingki, tizimning eng fidoyilari, shuningdek, keng jamoatchilik taklif etilgan.