BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
75.7K photos
10.8K videos
20 files
39K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
​​Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Qadrli buxoroliklar!


Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab xalqimiz hayotidagi muhim va shonli sana — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Shu fursatdan foydalanib, Siz azizlarni Bosh Qomusimiz qabul qilingan kun bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlidagi saʼy-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.

Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlida mustahkam huquqiy poydevor boʻlib kelayotgan Asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.

Oʻtgan yili Yangi Oʻzbekistonimiz tarixida birinchi marotaba umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyamiz xalqaro hujjatlar talablariga toʻla mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning maʼnaviy kamol topishi va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoit yaratdi.

Qadrli buxoroliklar!

“Inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga asoslangan yangilangan Konstitutsiyamizda inson qadri, uning manfaatlari ustuvorligi alohida kafolatlangan. Inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan. Bu siyosat Asosiy Qonunimizdagi “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar”, deb belgilangan qoida talablariga toʻla mos keladi.

Ayniqsa, Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot davrida barcha sohalarda olib borilayotgan oʻzgarishlar jarayonida ham bu qoida ustuvor ekanligini hammamiz bilib, sezib turibmiz.

Buni mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarliklarida Taraqqiyot strategiyasi doirasida xalqimizni rozi qilish, shahar va qishloqlarimizni yanada obod etish, odamlar turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarda ham koʻrishimiz mumkin. Keyingi yilda ham viloyatimiz aholisiga munosib turmush sharoitini yaratish, iqtisodiyotimizda yangi marralarni zabt etish uchun ulkan dastur va rejalarni tuzmoqdamiz.

Barchamiz bir tanu bir jon boʻlib, fidokorona mehnat qilsak, oʻz oldimizga qoʻygan katta marralarga albatta erishamiz.

Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni Konstitutsiyamizning qutlugʻ bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardogʻida boʻlish hammangizga nasib etsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin. Ozod va obod diyorimizga hech qachon koʻz tegmasin!

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Buxoro. Vazifa va ijro: investitsiya, yangi ish o‘rinlari va eksport


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Buxoro #kubok #stol_tennisi

🏓Buxoroda stol tennisi bo‘yicha U-19 “O‘ZBEKISTON KUBOGI” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Stol tennisi bo‘yicha yoshlar, erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI” musobaqalarining yuqori darajada tashkil etilayotgani ushbu sport turiga qiziquvchilar sonini oshirishga va iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qilayapti.

Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida stol tennisi bo‘yicha Buxoroda o‘tkazilgan 🏆 U-19 “O‘ZBEKISTON KUBOGI” ham ushbu fikrimizni isbotladi.

Mazkur musobaqasida mamlakatimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 200 nafardan ortiq yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar.

5 kun davom etgan musobaqada tennischilarning puxta tayyorgarlik ko‘rib kelganliklari har bir bahslarda yaqqol ko‘rinib turdi.

Aytib o‘tish kerak, bellashuvlarda Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon, Namangan va Buxoro hamda Samarqand viloyatlari vakillarining tezkor harakatlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

E’tiborlisi, ushbu musobaqada o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rayotgan umidli yoshlar bilan birga Respublika va xalqaro bellashuvlarda salmoqli natijalarni qayd etgan sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Bu o‘z-o‘zidan ishtirokchilarning yaxshigina tajriba almashishlari uchun zo‘r imkoniyat tug‘dirdi.

Medallar jamg‘arishda o‘g‘il bolalar o‘rtasida
🥇1-o‘rin - Toshkent viloyati
🥈2-o‘rin - Toshkent shahri
🥉3-o‘rin - Namangan hamda Farg‘ona viloyati egallashdi.

Qiz bolalar o‘rtasida
🥇1-o‘rin - Toshkent viloyati
🥈2-o‘rin - Andijon viloyati
🥉3-o‘rin - Toshkent shahri hamda Samarqand viloyati qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlarga viloyat hokimligi, soliq boshqarmasi, sprort boshqarmasi stol tennisi federatsiyasining diplom va medallari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube