BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
24.1K subscribers
95.4K photos
12.1K videos
23 files
42.6K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#tashrif

Rustam Minnixanov Buxoroga tashrifi davomida “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkida amalga oshirilgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda mutasaddilar maxsus sanoat parki hududida bajarilgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qilishdi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda maxsus sanoat parki hududida rejalashtirilgan dastlabki bosqichdagi qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan. Park zarur infratuzilma bilan ta’minlangan.

Shuningdek, obyektda kelishuvga asosan xorijiy davlatlarining 18 ta kompaniyasi tomonidan 400 mln. AQSH dollarilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari tomonidan ham ishlar boshlangan.

Bundan tashqari, “Anhui Conch Cement Company Limited” kompaniyasi tomonidan qiymati 20 mln. AQSH dollarilik sendvich panelli eshik va deraza romlari ishlab chiqarish, “Ariko” MCHJ tomonidan qiymati 7,2 mln. AQSH dollariga teng poliester tolasi ishlab chiqarish, “Energotek” MCHJ tomonidan qiymati 4,5 mln. AQSH dollari bo‘lgan polimer quvurlar ishlab chiqarish liniyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Tashrif doirasida hududning sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi mahsus sanoat parki direksiyasi va “Marshal FT” MCHJ o‘rtasida yengil transportlar, yuk va maxsus texnikalar uchun DVS havo filtrlari ishlab chiqarish, “Fort Verniy” MCHJ hamkorligida tog‘-kon, qurilish materiallari, va maxsus bo‘yoqlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlar imzolandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍5👎3
#tashrif

Tashrif doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqotda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar doirasida hududlar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.

Muzokaralar chog‘ida “Buxoro sanoat rivojlantirish majmuasi” maxsus sanoat parkini yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Sanoat parkining rezidentlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Rustam Minnixonov joriy loyihalar ikki tomonlama munosabatlar uchun muhimligini qayd etdi.

— Buxoroda boshlagan hamkorlikdagi ishlarimiz reja qilganimizdan ham yuqori darajada davom etyapti. Obyektlar qurildi, infratuzilma bor. Endi vazifalar esa yanada muhim. Zonaning sanoat va eksport salohiyatini rivojlantirishimiz zarur. Buning uchun salohiyatli investorlar kerak. Ichki va tashqi bozorni puxta o‘rganib, shunga asosan ish yuritish lozim, — dedi Tatariston Raisi.


Muloqot davomida hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuning bilan Tatariston raisining Buxoroga tashrifi yakunlandi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
👍15👎1