#hokim_hududlarda
#Shofirkon_tumani
#nazorat_o'rganish
"Zarchabek" mahallasidan o‘tgan kollektor yon tomonini obodonlashtirib, bog‘ yaratishga kirishilganini viloyat hokimi Botir Zaripov yaxshi baholadi. Tuman hokimining qayd etishicha, yoz oylarida shu hududda yashovchi aholi zahkashda paydo bo‘ladigan pashsha, chivin kabi hasharotlardan aziyat chekib kelgan. Shunga ko‘ra bu yerni obodonlashtirib, bog‘ qilish, kollektordan daromad topish maqsadida unda o‘rdak, g‘oz va baliq boqishni tashkil etishga qaror qilingan.
Botir Zaripov bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Bunday tajribalarni kengaytirish zarurligini bildirdi.
Shuningdek, rahbar ko‘chat o‘tqazish ishlariga bosh qo‘shishdi.
Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

👍3👎1🤔1
#hokim_hududlarda
#nazorat_o'rganish
Avval, xabar berganimizdek, Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY hududida ajratilgan 40 gektarda maydonda "Yangi O‘zbekiston bog‘i" barpo etilmoqda. Hududda amalga oshirilayotgan ishlarni viloyat hokimi Botir Zaripov doimiy ravishda nazorat qilib bormoqda.
Bugun ham viloyat rahbari avvalgi o‘rganishlarida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ijrosi bilan tani nazorat tartibida o‘rgandi.
Topshiriqqa ko‘ra, hozirda hududda maxsus yo'laklar barpo etilmoqda, amfiteatr qurilmoqda. Sug‘orish va oqova tizimlarini barpo etish bilan bog‘liq yumushlarni ham yakunlashga kirishilgan.
Botir Zaripovga shu yerda bu boradagi ishlar rejasi haqida ma’lumot berildi. Shu yerda rejani amalga oshirish bilan bog‘liq mavjud muammolar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Ishlarni jadallashrish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
Qayd etish joizki, loyihaga ko‘ra bog‘da sokin hudud va favvoralar, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohi, umuman, bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etiladi. Majmua zamonaviy yoritish va akustika tizimlari bilan jihozlanadi. Kelgusida bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

👍9❤1
#hokim_hududlarda
#nazorat_õrganish
Avval xabar berganimizdek, Buxoro tumanining Buxoro shahriga yondosh “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ajratilgan 40 gektarda maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo etilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, bog‘da sokin hudud va favvoralar, sport maydonchalari, amfiteatr, bolalar o‘yingohi, umuman, odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, kelgusida bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi inobatga olinib, majmua zamonaviy yoritish va akustika tizimlari bilan jihozlanishi belgilangan.
Xo‘sh, belgilangan ishlar qanday amalga oshirilyapti? Ishchi kuchi, ta’minot va boshqa masalalarda muammolar yo‘qmi?
Viloyat hokimi Botir Zaripov bugungi ish kunini ayni shu masalalarga e’tibor qaratishdan boshladi.
Viloyat rahbari erta tongdan bog‘ hududida bo‘lib, avvalgi o‘rganishlarida berilgani topshiriqlar ijrosini o‘rgandi, amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy muhokama qildi.
Ayniqsa, ekilgan daraxtlar parvarishiga, ularning sug‘orish tizimlariga alohida e’tibor qaratish, amfiteatr va yangi aeroportga olib boruvchi yo‘l qurilishini jadallashtirish, hududdagi qabristonni obodonlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Bu borada mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

👍5👎1🔥1
#hokim_hududlarda
#nazorat_õrganish
Botir Zaripov “Ahmad Donish” mahalla fuqarolar yig‘ini, Piridastgir ko‘chasida barpo etilayotgan Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi qurilishini ham borib ko‘rdi.
Qayd etish joizki, barpo qilinayotgan majmuaning asosiy vazifalari bunda "ustoz-shogird" an’anasini barqaror rivojlantirish, tarixiy-ilmiy ahamiyatga ega tadqiqotlarni olib borish, sohaga yangi usul, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini tatbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlashdir.
Shu bilan birga, tarixiy obidalarni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga aslligicha yetkazish, ta’mirlash-tiklashga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga mahalliy va chet ellik ekspertlarlarni jalb qilish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, boshqa tadbirlarni tashkil etib, shuningdek, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish va eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishdir.
Bu borada avvalo ko‘p ming yillik tarixiga ega qadim shaharni o‘z holida saqlash maqsadida buxorolik yosh ustalar va maktab talabalariga restavrasiya va konservatsiya ishlarining an’anaviy sir-asrorini o‘rgatish dolzarb ahamiyatga ega.
Xuddi shunday, har bir madaniy meros inshootlarining restavratsiya jarayoni, tarixiy bino-imoratlar ta’mirida ishlatiladigan ashyo va materiallar, foydalanilgan an’anaviy usullar, obektlarda ishlagan usta-restavratorlar ish uslubini o‘zlashtirish, bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan kitob-albom yaratish ham ko‘zda tutilgan.
Botir Zaripov markaz loyihaga muvofiq mukammal bo‘lishini alohida ta’kidladi. Qurilishda avvalo sifatga e'tibor qaratish zarurligini qayd etdi. Qurilishdagi sustkashliklarni tanqidiy baholagani holda ishlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, viloyat rahbari viloyat pedagogik mahorat markazida ham bo‘ldi.

👍3
#hokim_hududlarda
#nazorat_õrganish
Ma’lumki, joriy yilning kuzida Buxoroda birinchi marotaba zamonaviy san’atni o‘zida namoyon etadigan Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tadi.
5-sentabrdan 20-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan tadbirda jahonning mashhur rassomlari, taniqli ustalarning asarlari namoyish etiladi.
Biyennale shaharning tarixiy markazida bo‘lib o‘tishini inobatga olib, hozirda mazkur hududda boshlangan restavratsiya, konservatsiya, ta’mirlash-tiklash ishlari yakuniy bosqichda davom etmoqda.
Botir Zaripov tig‘iz kun tartibi doirasida mazkur hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishini yana bir bor ko‘zdan kechirdi. Kommunal soha mutasaddilari, muhandis-restavratorlar bilan ish jarayonini jadallashtirish bilan bog‘liq vazifalar xususida suhbatlashdi. Shunga ko‘ra zarur vazifalar belgilandi.

👍1
#hokim_hududlarda
#nazorat_õrganish
Qayd etish joizki, qariyb 6 yildan beri O‘zbekiston-AQSH qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi jamoasi tomonidan ko‘hna Buxoro Shahristonida arxeologik qazishma ishlari olib borilmoqda. O‘tgan davr mobaynida bu yerda juda ko‘plab topilmalarga duch kelindi. Ular asosan antik davrdan boshlab XVIII–XIX asrlarga taalluqli topilmalardir.
Otashparastlik davriga taalluqli, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar davriga oid sopol qadoqlar, mis tangalar, ko‘zalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari shular jumlasidan.
Botir Zaripov mazkur manzilda ham bo‘ldi. Arxeologlar bilan Shahristondagi arxeologik qazishma ishlaridan so‘ng bu yerda “ochiq osmon ostidagi muzey” tashkil etish yuzasidan muloqot qildi. Shunga ko‘ra zarur chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Shuningdek, Botir Zaripov shu yerda eski shahar qismini ichimlik va oqova suvi ta’minoti bilan ta’minlash masalalarini muhokama qilib, tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Botir Zaripov tegishli hokim o‘rinbosarlari, Buxoro shahar hokimi Q.Tursunov va boshqa mas’ul mutasaddilar hamrohligida Buxoro shahrining Gʻijduvon ko‘chasida bunyod etilayotgan zamonaviy mehmonxonalarda borayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlash lozimki, Gʻijduvon ko‘chasida 6,5 gektar maydonda qiymati 45,4 mln AQSH dollariga teng 10 ta mehmonxona qurilmoqda. Qurilish ishlari yakuniga yetsa, bu yerda 1370 ta mehmon va 240 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Botir Zaripov har bir loyihada borayotgan ishlarni birma-bir ko‘zdan kechirdi. Muammolarni o‘rgandi. Mas’ullarga tarmoq jadvali ishlab chiqib, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

👍4❤2👎1👏1😁1