BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
23.3K subscribers
78.7K photos
11.1K videos
23 files
39.6K links
Buxoro viloyati hokimligining rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: gov.uz/buxoro
Facebook: fb.com/zaripovrasmiy
Matbuot kotibi: @olimjuraev
Murojaat qiling: (+998) 65-222-22-22, @buxorouzmurojaatbot

Manzil: Buxoro sh., Islom Karimov koʻchasi, 5-uy.
Download Telegram
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Xabaringiz bor, Buxoro shahar Gazli shox ko‘chasida umumiy maydoni 46 gektardan iborat hududda Buxoro viloyatining ma’muriy markazini barpo etish ishlariga kirishilgan. Loyihaga ko‘ra, bu yerda Buxoro viloyat va shahar hokimliklari, Buxoro viloyat prokuraturasi, boshqarma va davlat tashkilotlari binolari, tijorat banklari, savdo va ko‘ngilochar markaz, zamonaviy internet kutubxonasi, sport va sog‘lomlashtirish obektlari hamda ofislar, maxsus ixtisoslashtirilgan maktab, xiyobonlar, kafelar, favvoralar quriladi.

Viloyat hokimi Botir Zaripov, sektorlar rahbarlari va boshqa tegishli mutasaddilar ma’muriy markaz qurilishi maydonida ham bo‘lishdi.

O‘rganishlarning navbatdagi manzili “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, “Bukhara City” majmuasini barpo etish uchun tanlangan 83 gektar yer maydonida 76 ta lot mavjud bo‘lib, ayni paytga qadar 5 ta lotdagi bino-inshootlar, jumladan, ko‘p qavatli turar joy va savdo majmualari foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, 13 ta lotdagi obyektlarda so‘nggi bosqichda pardozlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Xususan, 6 ta lotda Buxoro viloyatining ijtimoiy-ma’muriy binolari o‘rin olgan bo‘lib, 2 ta lotdagi Buxoro tarixi muzeyi va ixtisoslashtirilgan maktabda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Botir Zaripov aynan mazkur obyektlarda borayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganishlar jarayonida hududda borayotgan qurilishbunyodkorlik ishlarini tezlashtirish, bino–inshootlar tiklanishida sun’iy to‘sqinlikni keltirib chiqarayotgan jihatlar va ularni bartaraf etish masalalari, ta’minot va boshqa masalada quruvchi-binokorlar duch kelayotgan muammolar tanqidiy muhokama qilindi.

Botir Zaripov har bir lotda borayotgan ishlarga o‘z munosabatini bildirib, mas’ul mutasaddilarga qurilish-bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, pudratchi korxonalar muammolarini zudlik bilan hal qilish, bino inshootlarda ishlayotgan quruvchi-xodimlar sonini ko‘paytirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga doir topshiriqlar berdi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#qurilish_bunyodkorlik
#hokim_hududlarda
#Buxoro_shahri

Buxoro viloyatida madaniy meros obyektlari va ularga tutash hududlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, aholi va sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlarni ishga solish borasida boshlangan amaliy ishlarni jadallashtirishga kirishilgani haqida xabar bergan edik.

Xususan, madaniy meros va arxitektura yodgorliklarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va texnogen jarayonlar ta’sirini olish maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar, olimlar, tarixchilar hamda tajribali loyihachilarni jalb qilgan holda Buxoro shahar tarixiy markazidagi «Chor Minor» va «Isteza» madrasalari, «Samarqand» va «Darvozai Salloxona» darvozalari, «Zindon» va «Masjidi Kalon» kabi turistik marshurut bo‘ylab joylashgan obyektlar hududida yomg‘ir suvlarini olib chiqib ketuvchi tarmoqlarni qurish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa kabellari va boshqa kommunikatsiya tizimlarini Xiva shahri tajribasidan foydalangan holda, shaxta shaklida yer ostidan o‘tkazish yoki binolar tom qismlaridan milliy ko‘rinishda yog‘och ornamentlar, ustunlar bilan o‘ragan holda mukammal ko‘rinishini tashkil etib, qurish, an’anaviy me’morchilik uslubiga uyg‘un holda zamonaviy yoritish tizimlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Buxoro shahrida joriy yilda birinchi zamonaviy dizayn va hunarmandchilik biyennalesini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tanlangan hududda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda tutash hududlarda yo‘l va yo‘laklarda mavjud asfalt va beton qoplamalarni demontaj qilish, loyiha asosida maxsus tosh qoplamalar yotqizilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat va Buxoro shahar sektorlari rahbarlari, mas’ul viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida Buxoro shahrining tarixiy qismida ham bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Mavjud muammolarni o‘rgandi. Ularni hal qilish bo‘yicha zarur vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube